Toshkentda Rossiya bilan hamkorlikda xalqaro chakana savdo forumi bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Forumda O‘zbekiston, Rossiya va xorijiy elektron tijorat bozorlari ekspertlari chakana savdoni rivojlantirish yo‘llarini muhokama qiladi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Toshkentda Central Asia Retail Week 2024 xalqaro chakana savdo forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Toshkentda 16-17 oktabr kunlari Central Asia Retail Week Elektron tijorat va chakana savdo xalqaro forumi o‘tkaziladi.
“Rossiya va xorijiy elektron tijorat bozorlarining 200 dan ortiq spikerlari va 1500 dan ortiq ishtirokchilari zamonaviy chakana savdoni rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan strategik sessiyalar va davra suhbatlari doirasida ekspert fikrlari bilan almashadilar”, — deyiladi xabarda.
Central Asia Retail Week - chakana savdo ishtirokchilari, iste’mol mahsulotlari va chakana savdo yechimlari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari, konsalting kompaniyalari, tarmoq birlashmalari va hokimiyat organlarini birlashtiradigan xalqaro tadbirdir.
Tadbir O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Rossiya Sanoat va savdo vazirligi, Rossiya chakana bozor ekspertlari uyushmasi hamkorligida tashkil etiladi.
Aziatskaya devushka ispolzuyet biometricheskuyu verifikatsiyu na mobilnom telefone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2023
Inson robot bilan gaplashayotganini bilmaydi: tijoratda sun’iy intellektning o‘rni qanday?
Yangiliklar lentasi
0