https://oz.sputniknews.uz/20240823/ozenergoinspektsiya-45342161.html
“O‘zenergoinspeksiya” hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
“O‘zenergoinspeksiya” hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini (O‘zenergoinspeksiya) Vazirlar mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.“O‘zenergoinspeksiya” yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
2024-08-23T18:08+0500
2024-08-23T18:08+0500
2024-08-23T18:08+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zenergoinspeksiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/06/44263350_0:213:2497:1618_1920x0_80_0_0_a022d9df84ba597d402218a442c7dbad.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. 23-avgust kuni “Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 118-sonli O‘zbekiston prezidenti farmoni qabul qilindi.Farmonga ko‘ra, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini (O‘zenergoinspeksiya) Vazirlar mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.“O‘zenergoinspeksiya” yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.“O‘zenergoinspeksiya”ga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:“O‘zenergoinspeksiya”ning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240710/senat-elektr-energetika-qonun-44742464.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/06/44263350_29:0:2470:1831_1920x0_80_0_0_9f8e289bb0c1397de01af8562f896419.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zenergoinspeksiya ma’lumot qo‘shimcha vazifalar
o‘zenergoinspeksiya ma’lumot qo‘shimcha vazifalar
“O‘zenergoinspeksiya” hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
“O‘zenergoinspeksiya”ga qo‘shimcha vazifalar yuklandi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. 23-avgust kuni “Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 118-sonli O‘zbekiston prezidenti farmoni
qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini (O‘zenergoinspeksiya) Vazirlar mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.
“O‘zenergoinspeksiya” yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
“O‘zenergoinspeksiya”ga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:
energiya samaradorligi bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish va mazkur sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
yillik energiya iste’moli 500 tonna shartli yoqilg‘idan yuqori bo‘lgan barcha sanoat korxonalarida energiya iste’molini boshqarish tizimini (Energy Management System) joriy etishni nazorat qilish;
sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish;
energiya auditorlarga malaka sertifikatlarini berish va zamonaviy o‘lchov laboratoriyalari bo‘yicha minimal talablarni belgilash.
“O‘zenergoinspeksiya”ning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.