Senatorlar elektr energetikasiga oid qonunni ma’qullashdi — qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

© Senat Oliy Majlisa“Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda ma’qullandi
“Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda ma’qullandi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2024
Obuna bo‘lish
Senatning ellik to‘rtinchi yalpi majlisida yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi va “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama qilindi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Senatorlar “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ma’qullashdi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Senatning ellik to‘rtinchi yalpi majlisida yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Amaldagi qonun 2009-yilda qabul qilingan.
Unda elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori, jumladan, sohada raqobatni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari nazarda tutilmagan. Elektr ta’minotining ishonchli, xavfsiz, barqaror hamda kam xarajatli ishlashini ta’minlaydigan normalar aks etmagan.
Shuningdek, iste’molchilarning narxlar va xizmatlar ko‘rsatish sifati bo‘yicha manfaatlarini himoya qilish kafolatlari belgilanmagan.
© Senat Oliy Majlisa“Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda ma’qullandi
 Zakon Ob elektroenergetike odobren v novoy redaksii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2024
“Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda ma’qullandi
“Shu boisdan bugungi kun talablariga to‘liq javob bermadi”, — deyiladi xabarda.
Yangi tahrirdagi qonun bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
iste’molchilarning narxlar, ishonchli elektr ta’minoti va xizmatlar ko‘rsatish sifati bo‘yicha manfaatlarini himoya qilish;
elektr energiyasi jiddiy to‘siqlarsiz sotiladigan likvidli bozorni shakllantirish maqsadida samarali, shaffof, tabaqalashmagan va raqobatdosh elektr energiya bozorining yuzaga kelishi va rivojlanishiga ko‘maklashish.
“Qonunda raqobat muhitini rivojlantirish, xususiy sarmoyalarni jalb qilish va joriy etishni rag‘batlantiruvchi elektr energetika tarmog‘ining samarali faoliyat yuritishi uchun tuzilma va umumiy qoidalar belgilanmoqda. Xususan, qonunda insofli raqobat, tenglik va hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik, elektr energetikasi xavfsizligining ustuvorligi kabilar sohaning asosiy prinsiplari etib belgilanib, elektr energetikasi sohasining maqsadlariga oid yangi modda kiritilmoqda”, — deya qayd etilgan xabarda.
Qonunda elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozor qoidalari ham aks ettirilmoqda. Bundan tashqari, elektr energiyasi bozorida treyderlar (jismoniy yoki yuridik shaxslar) faoliyatini tartibga solishga qaratilgan umumiy qoidalar, ularning huquqlari va majburiyatlariga oid norma kiritilmoqda.
Senatorlarning fikricha, hujjatning qabul qilinishi sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilishga va bu orqali elektr energetikasi sohasining samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.
Qolaversa, elektr energetikasi korxonalarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini belgilanishiga hamda elektr energiyasini qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.
© Senat Oliy MajlisaSenatorlar “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqishdi.
Na patdesat chetvertom plenarnom zasedanii Senata rassmotren Zakon Ob ekonomii energii, yee ratsionalnom ispolzovanii i povishenii energoeffektivnosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2024
Senatorlar “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqishdi.
Shuningdek, senatorlar “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qonunni ham ko‘rib chiqishdi.
Qayd etilishicha, hozirda mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi qariyb 10 foizni tashkil etmoqda.
"Bu borada O‘zbekiston 2030-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 27 gigavattga yetkazib, elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmini kamida 40 foizga olib chiqishni maqsad qilgan. Bu har yili 25 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash, atmosferaga zararli tashlanmalarni 34 mln tonnaga qisqartirish imkonini beradi", — deyiladi xabarda.
Qonunda energetika xavfsizligini ta’minlash, energiyani tejash hamda samaradorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish tartib-tamoyillari, elektr va issiqlik energiyasi, yoqilg‘i va noan’anaviy energiya resurslaridan iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada tejamli va samarali foydalanish vazifalari va qoidalari belgilab berilmoqda.
Shuningdek, energiyani tejash va energiya samaradorlik talablarini buzganlik va resurslarni meyoridan ortiqcha sarflagani uchun javobgarlikni belgilash ham nazarda tutilgan. Qolaversa, qurilish va transport sohasida, bino hamda inshootlarda, issiqlik ta’minoti va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarida, qishloq va suv xo‘jaligida energiyani tejash hamda energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishlari ko‘zda tutilmoqda.
Qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Yangiliklar lentasi
0