https://oz.sputniknews.uz/20240820/uzbekistan-malaysia-korruptsiya-kurashis-hamkorlik-45281889.html
O‘zbekiston Malayziya bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik qilmoqchi — tafsilotlar
O‘zbekiston Malayziya bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik qilmoqchi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Deputatlar, prokuratura va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillaridan iborat delegatsiya Malayziyaga bordi.
2024-08-20T11:12+0500
2024-08-20T11:12+0500
2024-08-21T09:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
malayziya
korrupsiya
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
akmal burxanov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45294887_0:164:947:696_1920x0_80_0_0_bc560b1161a01063a651324d15cb799b.jpg
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. O‘zbekiston korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishda Malayziya bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillaridan iborat delegatsiya Malayziyada bo‘lib turibdi. Uchrashuv o‘tkazilgan tashkilotlar: Uchrashuvlarda shaffof va hisobdor davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishda parlamentning o‘rni, ikki mamlakatning bu boradagi tajriba va yondashuvlari xususida o‘zaro fikr almashildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda nodavlat tashkilotlarining ishtiroki, BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi va sohadagi boshqa xalqaro standartlarning milliy qonunchilikka implementatsiyasi, korrupsiyaga qarshi kurashish organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorlik mexanizmlariga e’tibor qaratildi. Qolaversa, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda milliy qonunchilikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari oshiriladiEslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda Qatar amiri tomonidan ta’sis etilgan “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofoti”ning tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda mamlakat yetakchisi Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston 2030-yilgacha korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasini ishlab chiqishini ma’lum qildi.Shuningdek, Markaziy Osiyoda Korrupsiyaga qarshi konvensiyani jadal amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy platformani ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Mintaqaviy platformaning maqsadi Platforma ishida ishtirok etuvchi mamlakatlar tomonidan BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qoidalarini yanada samarali amalga oshirishga ko‘maklashish, bu borada mintaqa mamlakatlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.
https://oz.sputniknews.uz/20240125/ozbekiston-qatar-korrupsiya-reja-42201941.html
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45294887_0:75:947:785_1920x0_80_0_0_2b02d42fdd794e70e2bfebc4ad35ac7f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
deputatlar prokuratura korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi malayziyaga
deputatlar prokuratura korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi malayziyaga
O‘zbekiston Malayziya bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik qilmoqchi — tafsilotlar
11:12 20.08.2024 (yangilandi: 09:01 21.08.2024) Deputatlar, prokuratura va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillaridan iborat delegatsiya Malayziyaga bordi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. O‘zbekiston korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishda Malayziya bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
xabar berdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillaridan iborat delegatsiya Malayziyada bo‘lib turibdi.
“Tashrifning asosiy maqsadi ikki davlat korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul idoralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va sohada amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdan iborat”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv o‘tkazilgan tashkilotlar:
Malayziya Parlamenti Senatining Davlat boshqaruvi, halollik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus qo‘mitasi;
“Malayziya Transparency International” tashkiloti;
“Korrupsiya va nepotizmga qarshi kurashish markazi”(C4).
Uchrashuvlarda shaffof va hisobdor davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishda parlamentning o‘rni, ikki mamlakatning bu boradagi tajriba va yondashuvlari xususida o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda nodavlat tashkilotlarining ishtiroki, BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi va sohadagi boshqa xalqaro standartlarning milliy qonunchilikka implementatsiyasi, korrupsiyaga qarshi kurashish organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorlik mexanizmlariga e’tibor qaratildi.
Qolaversa, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda milliy qonunchilikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
“O‘zaro tajriba almashish va kadrlar salohiyatini rivojlantirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ma’lumot va professional materiallar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida muhim kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda Qatar amiri tomonidan ta’sis etilgan “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofoti”ning tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda mamlakat yetakchisi Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston 2030-yilgacha korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasini ishlab chiqishini
ma’lum qildi.Shuningdek, Markaziy Osiyoda Korrupsiyaga qarshi konvensiyani jadal amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy platformani ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Mintaqaviy platformaning maqsadi Platforma ishida ishtirok etuvchi mamlakatlar tomonidan BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qoidalarini yanada samarali amalga oshirishga ko‘maklashish, bu borada mintaqa mamlakatlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash va
rivojlantirishdan iborat.