https://oz.sputniknews.uz/20240125/ozbekiston-qatar-korrupsiya-reja-42201941.html
O‘zbekiston va Qatar korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini tuzdi — tafsilotlar
O‘zbekiston va Qatar korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini tuzdi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Qatar davlatining Ma’muriy nazorat va shaffoflik idorasi o‘rtasida harakatlar rejasi imzolandi.
2024-01-25T12:23+0500
2024-01-25T12:23+0500
2024-01-25T17:36+0500
siyosat
qatar
o‘zbekiston
korrupsiya
akmal burxanov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/19/42201721_69:56:1045:605_1920x0_80_0_0_bf082246d2e6b85d04b12feccad9da37.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Qatarning Ma’muriy nazorat va shaffoflik idorasi bilan 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi imzolandi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati. Shu kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati va mas’ul xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Qatar davlatida bo‘lib turibdi.Agentlik direktori Akmal Burxanov Qatar davlatining Ma’muriy nazorat va shaffoflik idorasi prezidenti Hamad bin Naser al-Misned bilan uchrashdi.Quyidagilar Harakatlar rejasining asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilandi:Muloqot yakunida muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlarida ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.Tashkilot va idoralarning ishonch telefonlari “sirli mijoz” tadbiri asosida o‘rganiladiEslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda Qatar amiri tomonidan ta’sis etilgan “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofoti”ning tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda mamlakat yetakchisi Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston 2030-yilgacha korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasini ishlab chiqishini ma’lum qildi.Shuningdek, Markaziy Osiyoda Korrupsiyaga qarshi konvensiyani jadal amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy platformani ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Mintaqaviy platformaning maqsadi Platforma ishida ishtirok etuvchi mamlakatlar tomonidan BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qoidalarini yanada samarali amalga oshirishga ko‘maklashish, bu borada mintaqa mamlakatlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.
https://oz.sputniknews.uz/20231219/toshkent-korruptsiya-qarshi-kurash-monument-41637981.html
qatar
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/19/42201721_81:0:1034:715_1920x0_80_0_0_d57a4c0794fd9fd67b535aebedf2ef75.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qatar davlatining ma’muriy nazorat va shaffoflik idorasi harakatlar rejasi amal burxonov
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qatar davlatining ma’muriy nazorat va shaffoflik idorasi harakatlar rejasi amal burxonov
O‘zbekiston va Qatar korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini tuzdi — tafsilotlar
12:23 25.01.2024 (yangilandi: 17:36 25.01.2024) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Qatar davlatining Ma’muriy nazorat va shaffoflik idorasi o‘rtasida harakatlar rejasi imzolandi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Qatarning Ma’muriy nazorat va shaffoflik idorasi bilan 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi imzolandi, deya xabar berdi agentlik
matbuot xizmati. Shu kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati va mas’ul xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Qatar davlatida bo‘lib turibdi.
Agentlik direktori Akmal Burxanov Qatar davlatining Ma’muriy nazorat va shaffoflik idorasi prezidenti Hamad bin Naser al-Misned bilan uchrashdi.
“Uchrashuv mobaynida o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi imzolandi. Reja tomonlar o‘rtasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, davlat idoralari faoliyati ochiqligini ta’minlash hamda BMT aksilkorrupsiya standartlarini milliy amaliyotga tatbiq etishda muntazam va yaqindan tajriba almashish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi”, — deyiladi xabarda.
Quyidagilar Harakatlar rejasining asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilandi:
Korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Davlat xizmatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va faoliyat ochiqligini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashish;
Sport sohasida halollik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish;
Agentlikning e-antikor platformasini takomillashtirishda Qatar davlati tajribasini o‘rganish.
Muloqot yakunida muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlarida ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda Qatar amiri tomonidan ta’sis etilgan “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofoti”ning tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda mamlakat yetakchisi Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston 2030-yilgacha korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasini ishlab chiqishini
ma’lum qildi.Shuningdek, Markaziy Osiyoda Korrupsiyaga qarshi konvensiyani jadal amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy platformani ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Mintaqaviy platformaning maqsadi Platforma ishida ishtirok etuvchi mamlakatlar tomonidan BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qoidalarini yanada samarali amalga oshirishga ko‘maklashish, bu borada mintaqa mamlakatlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash va
rivojlantirishdan iborat.