https://oz.sputniknews.uz/20240817/ozbekiston-sholi-45241135.html
O‘zbekistonda sholi yetishtiruvchilar faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi
O‘zbekistonda sholi yetishtiruvchilar faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sholi yetishtiruvchilar faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi. “Sholi yetishtiruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2024-08-17T13:35+0500
2024-08-17T13:35+0500
2024-08-17T13:35+0500
jamiyat
o‘zbekiston
prezident qarori
qishloq xo‘jaligi
sholi
xorazm
fermerlar
kredit
subsidiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/12/42102932_0:151:3105:1898_1920x0_80_0_0_456f11818f6fd2e2650fc9d3c88e8c7a.jpg
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekistonda sholi yetishtiruvchilar faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi. “Sholi yetishtiruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-sentabrdan fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun prezident (PQ–52-son, 15.12.2021 y.) qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi.Xorazm viloyatida sholi yetishtiruvchilarga quyidagi qo‘shimcha subsidiyalar ajratiladi:2024 yil hosilidan, istisno tariqasida, Xorazm viloyatidagi 120 sentner va undan yuqori hosil olgan qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetishtirilgan sholining 50 foizdan oshmagan guruch mahsulotini eksportga yo‘naltirishga ruxsat beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240121/ozbekiston-tojikiston-oziq-ovqat-mahsulotlari-1-mlrd-dollar-42130457.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/12/42102932_188:0:2919:2048_1920x0_80_0_0_3929831bfdfd611f3c1f4df42105b208.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston sholi
O‘zbekistonda sholi yetishtiruvchilar faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi
Xorazm viloyatida sholi yetishtiruvchilarga qo‘shimcha subsidiyalar ajratiladi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekistonda sholi yetishtiruvchilar faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi. “Sholi yetishtiruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori
qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-sentabrdan fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun prezident (PQ–52-son, 15.12.2021 y.)
qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi.
2025–2026 yillarda sholi ekish uchun xarid qilingan va ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi urug‘ seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish orqali qoplab beriladi.
Xorazm viloyatida sholi yetishtiruvchilarga quyidagi qo‘shimcha subsidiyalar ajratiladi:
sholi yetishtirish uchun har bir gektar lazerli tekislangan maydonga sarflangan yoqilg‘i-moylash materiallari xarajatlarining 100 foizini, biroq bir gektar uchun umumiy xarajat miqdorining 1 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismini qoplash uchun;
prezident (PQ–144-son, 01.03.2022 y.)
qarorida belgilangan miqdorlarda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun.
2024 yil hosilidan, istisno tariqasida, Xorazm viloyatidagi 120 sentner va undan yuqori hosil olgan qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetishtirilgan sholining 50 foizdan oshmagan guruch mahsulotini eksportga yo‘naltirishga ruxsat beriladi.