Tojikiston O‘zbekistonga paxta va sholi yetishtirish bo‘yicha agroklaster yaratishni taklif qildi

© Sputnik / Janna Manukan / Mediabankka o‘tishPosevnaya kampaniya. Illyustrativnoe foto
Posevnaya kampaniya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2024
Obuna bo‘lish
Tojikiston O‘zbekistonga paxta va sholini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan agroklaster yaratishni taklif qildi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirliklari hozirda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari aylanmasini 1 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati rahbari Dilshod Nazirov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari Berlinda bo‘lib o‘tayotgan XVI-Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi xalqaro forumida uchrashdi.
Qayd etilishicha, Tojikiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Qurbon Hakimzoda bilan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va republikada mavjud agrologistika markazlarini yaratish bo‘yicha tajriba almashish muhokama qilindi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida eksport salohiyatini oshirishda hususiy sektorni jalb qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

“Tojikiston tomonidan 10 ming ga maydonda o‘zbek seleksiyasiga mansub urug‘lik sholi (“Iskandar” va “Lazurniy” navlari) va sabzavot urug‘larini (piyoz va sabzi) Tojikistonga yetkazib berish hamda Xo‘jand viloyatida paxta va sholini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan agroklasterni yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi”, — deydi Nazirov.

Shuningdek, hozirda amalga oshirilayotgan loyihalarni (20 ga maydonda “Do‘stlik bog‘i”ni barpo qilish, o‘zbek seleksiyaga mansub za’faronni Tojikistonda hamkorlikda yetishtirish va uchinchi davlatlarga eksport qilish) hamda oziq-ovqat mahsulotlari aylanmasini 1 mlrd dollarga yetkazishga kelishib olindi.
Shuningdek, vazir Vengriya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari bilan urug‘lik kartoshkani O‘zbekistonda yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qildi. Qolaversa, Vengriyaning “Marthon Genetics” kompaniyasi bilan hamkolikda O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitida qovoqning yuqori hosildor navlarini yaratishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Kolosya risa. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2024
O‘zbekistonda sholi yetishtirish: talabning ortishi, Filippindan guruch va suvni tejash
Yangiliklar lentasi
0