https://oz.sputniknews.uz/20240815/senat-tadbirkor-kodeks-45210022.html
Senatorlar Tadbirkorlik kodeksini ma’qullashdi — yangi tartib va mezonlar
Senatorlar Tadbirkorlik kodeksini ma’qullashdi — yangi tartib va mezonlar
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlik kodeksida 100 dan ortiq qonunchilik hujjatlari unifikasiya qiliinmoqda.
2024-08-15T16:10+0500
2024-08-15T16:10+0500
2024-08-15T16:10+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
senatorlar
ayollar
yoshlar
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0f/45206956_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4c080c5767529801447a6bdbf84eef93.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Senatorlar Tadbirkorlik kodeksini ma’qullashdi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati. Senatning 55-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Qonun bilan tasdiqlanayotgan Tadbirkorlik kodeksida 100 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini unifikasiya qilish nazarda tutilgan. Uning asosiy maqsadi tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Kodeksda tadbirkorlik faoliyatining asosiy prinsiplari unifikasiyalangan holda mustahkamlangan: qonuniylik, tadbirkorlik erkinligi, tadbirkorlik subyektlari tengligi, halol raqobat, korrupsiyadan xolilik va boshqalar. Kodeks bilan tadbirkorlik subyektlari kichik, o‘rta va yirik toifalarga ajratilmoqda. Amalda toifa sifatida faqat kichik tadbirkorlik subyekti mavjud edi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlari belgilangan holda ularga qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish huquqi berilmoqda. Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solishning chegaralari hamda tartibga solish shakllari belgilanmoqda hamda xalqaro standartlarga muvofiq ayollar va yoshlar tadbirkorligi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilmoqda. Senator Malika Kadirxanovaning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ayol tadbirkorlar bo‘yicha aniq termin yo‘q. Uning qayd etishicha, yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha ham huddi shunday mezonlar belgilanmoqda. Kodeksda ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga oid davlat dasturlari qabul qilinishi va bu orqali ularga kafolatlangan kreditlar va subsidiyalar berish, shuningdek davlat xaridlarida ayollar va yoshlar boshqarayotgan tadbirkorlik subyektlariga kafolatlangan tarzda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilmoqda. Kodeksda ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy korxona, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari ro‘yxati va ularni, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning mexanizmlari belgilanmoqda. Shu bilan birga, kodeksda biznes-inkubatorlarning huquqiy maqomi, maqsad va vazifalari belgilanmoqda hamda davlat korxonalariga raqobatni cheklovchi imtiyoz va preferensiyalar berish taqiqlanmoqda.Tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish tartibi o‘zgardi
https://oz.sputniknews.uz/20240814/aaa-tadbirkor-500-mlrd-qqs-45197414.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0f/45206956_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_31894e0ea9a78d265eaf85f81494777d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tadbirkorlik kodeksi senat
tadbirkorlik kodeksi senat
Senatorlar Tadbirkorlik kodeksini ma’qullashdi — yangi tartib va mezonlar
Tadbirkorlik kodeksida 100 dan ortiq qonunchilik hujjatlari unifikasiya qiliinmoqda.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Senatorlar Tadbirkorlik kodeksini ma’qullashdi, deya xabar berdi yuqori palata
matbuot xizmati. Senatning 55-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.
Qonun bilan tasdiqlanayotgan Tadbirkorlik kodeksida 100 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini unifikasiya qilish nazarda tutilgan. Uning asosiy maqsadi tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Kodeksda tadbirkorlik faoliyatining asosiy prinsiplari unifikasiyalangan holda mustahkamlangan: qonuniylik, tadbirkorlik erkinligi, tadbirkorlik subyektlari tengligi, halol raqobat, korrupsiyadan xolilik va boshqalar.
Kodeks bilan tadbirkorlik subyektlari kichik, o‘rta va yirik toifalarga ajratilmoqda. Amalda toifa sifatida faqat kichik tadbirkorlik subyekti mavjud edi.
“Bugungi kunda o‘rta tadbirkorlik bo‘yicha mezonlar yo‘q edi. Hozir 3 ta toifadagi tadbirkorlikning aniq mezonlari belgilanmoqda. Amaldagi qonunda faqatgina ishchilar soni bo‘lgan. Bugungi kunda ishchilar soni bilan birga qo‘shimcha ravishda yillik tovar aylanmasi hajmi ham ko‘zda tutilyapti. Bu tadbirkorlarga qulayliklar yaratadi, chunki kichik biznesdan o‘rta biznesga, yirik biznesga o‘tishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi”, — dedi senator Erkin Gadoyev.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlari belgilangan holda ularga qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish huquqi berilmoqda.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solishning chegaralari hamda tartibga solish shakllari belgilanmoqda hamda xalqaro standartlarga muvofiq ayollar va yoshlar tadbirkorligi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilmoqda.
Senator Malika Kadirxanovaning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ayol tadbirkorlar bo‘yicha aniq termin yo‘q.
“Xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuvlarda shunday savol bular edi: ayol tadbirkorlar qaysi toifaga ko‘ra shakillanadi, faqat tashkilot rahbari bo‘lsagina, bu ayol tadbirkor hisoblanadimi. Eng asosiysi statistikani yig‘ishda ham ko‘p noqulayliklar tug‘ilardi. Endi bu kodeks bilan aniq mezonlar belgilab berilyapti. Demak, tadbirkorlik subyektini boshqarayotgan rahbar ayol bo‘lsa, u tadbirkor ayol deb hisoblanadi. Tadbirkorlik subyekti boshqaruvida 3 dan bir qismini ayollar tashkil etsa demak, bu ham tadbirkor ayollar subyektiga kiradi. Eng asosiysi tadbirkorlik subyektining ustav fondida ayollarimiz 50 yoki undan ortiq foiz bo‘lsa, bu ham ayol tadbirkor mezoniga tug‘ri kelishi kodeksda belgilab quyilyapti”, — dedi senator Malika Kadirxanova.
Uning qayd etishicha, yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha ham huddi shunday mezonlar belgilanmoqda. Kodeksda ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga oid davlat dasturlari qabul qilinishi va bu orqali ularga kafolatlangan kreditlar va subsidiyalar berish, shuningdek davlat xaridlarida ayollar va yoshlar boshqarayotgan tadbirkorlik subyektlariga kafolatlangan tarzda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilmoqda.
Kodeksda ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy korxona, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari ro‘yxati va ularni, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning mexanizmlari belgilanmoqda.
Shu bilan birga, kodeksda biznes-inkubatorlarning huquqiy maqomi, maqsad va vazifalari belgilanmoqda hamda davlat korxonalariga raqobatni cheklovchi imtiyoz va preferensiyalar berish taqiqlanmoqda.