AAA toifadagi tadbirkorlarga 500 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarib berildi

© freepik / rawpixelDelovoe sotrudnichestvo.
Delovoe sotrudnichestvo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Tadbirkorlik subyektlari yuqori, o‘rta va quyi toifalarga ajratildi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. AAA toifadagi tadbirkorlik subyektlariga 500 mlrd so‘mdan ziyod ortiqcha qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) qaytarib berildi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Soliq qo‘mitasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, 14-avgust holatiga AAA toifadagi 317 ta tadbirkorlik subyektiga ortiqcha QQS to‘lovidan 513,8 mlrd so‘m bir kun muddatda qo‘shimcha tekshiruvlarsiz qaytarildi.
Tadbirkorlik subyektlari yuqori, o‘rta va quyi toifalarga ajratiladi. Shu yil 11-avgust holatiga 130 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti o‘z reytingini oshirdi.
“Yuqori reytinga ega bo‘lgan subyektlar soni 8 859 ta, o‘rta toifadagilar 119 ming 887 ta, qoniqarli toifadagi subyektlar 289 282 ta, quyi toifada esa ularning soni 138 ming 526 taga teng”, — deydi soliq qo‘mitasi vakili.
Qayd etilishicha, reytingi past tadbirkorlarga xech qanday jazo choralari qo‘llanilmaydi.
“Qaysi toifadagi tadbirkorlar rag‘batlantiriladi? “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlari uchun soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi”, — deyiladi anjumanda.
Shuningdek, 1-maydan 2026-yil 1-mayga qadar ushbu rag‘bat choralari “A” va undan yuqori toifadagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj yo‘nalishidagi tadbirkorlik subektlariga ham tatbiq etiladi.
“A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subektlariga: soliqlar bo‘yicha (QQS bundan mustasno) mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish 3 kun muddatda amalga oshiriladi, tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.
Ma’lum qilinishicha, 25-maydan keyin reytingi yuqori va o‘rta bo‘lgan tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz hamda preferensiyalar ularning toifalariga qarab 50%dan 100%gacha bo‘lgan miqdorlarda taqdim etiladi.
“4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari ularning reyting darajasidan qat’i nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi. Tadbirkorlarning reyting darajasi pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlanadi, ko‘tarilganda keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga qarab beriladi”, — deya qo‘shimcha qildi qo‘mita vakili.
Ma’lumot uchun, 2024-yil fevraldan “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” joriy etildi. Reyting natijalari Soliq qo‘mitasining elektron platformasida avtomatik tarzda shakllantirilib, Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borilmoqda. Shuningdek, reyting ma’lumotlarini Soliq mobil ilovasi hamda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ko‘rish imkoniyati yaratilgan.
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi
Toshkentda tadbirkorlar ishtirkida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2024
Barqarorlik reytingi: tadbirkorlarni qanday imtiyozlar kutmoqda?
Yangiliklar lentasi
0