O‘zbekiston kuvaytlik turistlar uchun asosiy sayyohlik yo‘nalishiga aylanadi

© UNWTOTuristicheskiy kompleks "Silk Road Samarkand" v Samarkande.
Turisticheskiy kompleks Silk Road Samarkand v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tarixiy shaharlari, qadimiy obidalari, go‘zal tabiat manzaralari va o‘zbek xalqining samimiy mehmondo‘stligi bilan butun dunyodan sayyohlarni faol jalb qilayotgani qayd etildi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Kuvaytda O‘zbekistonning investitsiyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Ta’kidlanishicha, kuvaytlik ishbilarmon va investorlar ishtirok etgan taqdimotda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti, iqtisodiyot va tashqi savdoni liberallashtirish borasidagi islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Yig‘ilganlarga shu yilning 13-14 may kunlari Kuvayt Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekistonning sarmoyaviy, eksport va sayyohlik salohiyati taqdimoti hamda "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etilishi ma’lum qilindi.
Kuvayt fuqarolari uchun O‘zbekistonga 10 kunlik vizasiz kirish tartibi joriy etilgani, "Jazeera" aviakompaniyasining Toshkent, Samarqand, Namangan va Farg‘onaga havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston tarixiy shaharlari, qadimiy obidalari, go‘zal tabiat manzaralari va o‘zbek xalqining samimiy mehmondo‘stligi bilan butun dunyodan sayyohlarni faol jalb qilayotganini qayd etdilar. Shuningdek, qadimiy Ipak yo‘lining javohiri va eng tez rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston kuvaytlik turistlar uchun asosiy sayyohlik yo‘nalishiga aylanishi mumkinligi urg‘ulandi.
Peterburgskiy mejdunarodniy ekonomicheskiy forum. Den perviy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2024
O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida ishlab chiqilayotgan hujjatlar loyihalari muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0