BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan yana bir rezolyutsiyani qabul qildi

© Pravitelstvo respubliki UzbekistanBMT va O‘zbekiston bayroqlari
BMT va O‘zbekiston bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2024
Obuna bo‘lish
Rezolyutsiyaga 100 dan ortiq a’zo davlatlar hammualliflik qildi. Rezolyutsiyada BMTga a’zo mamlakatlarga daraxt ekish sohasida aniq tavsiyalar beriladi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan yana bir rezolyutsiyani qabul qildi, deya xabar berdi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
BMT Bosh Assambleyasi bir ovozdan “Degradatsiyaga uchragan va qurg‘oq hududlarda barqaror o‘rmonzorlarni barpo etish, daraxt ekish va ularni targ‘ib qilish – ekologik muammolarga qarshi kurashning samarali yechimi” rezolyutsiyasini qabul qildi.
“Rezolyutsiyaga 100 dan ortiq a’zo davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari, Ozarbayjon, Avstriya, Belgiya, Bahrayn, Vengriya, Germaniya, Italiya, Iordaniya, Indoneziya, Qatar, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Latviya, Mo‘g‘iliston, Marokash, O‘mon, BAA, Pokiston, Portugaliya, Rossiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Fransiya va dunyoning turli mintaqalarini ifodalovchi boshqa davlatlar hammualliflik qildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Rezolyutsiyada o‘rmonlarni barqaror boshqarish va daraxt o‘tqazishning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik afzalliklari har tomonlama ko‘rsatilgan. Ularning biologik xilma-xillikni oshirish, iqlim o‘zgarishi va havo ifloslanishi oqibatlarini yumshatish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qo‘shgan hissasi, jumladan kambag‘allikka barham berish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi hissasi alohida ta’kidlanadi.
Rezolyutsiyaning o‘ziga xos xususiyati uning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi so‘nggi ilmiy yo‘nalishlarga muvofiqligidir.
O‘zbekistonda 250 milliondan ortiq daraxtlarning raqamli xaritasi yaratildi
"Ekologik toza va ekotizimga asoslangan usullardan foydalangan holda biologik xilma-xillikni saqlash va ko‘paytirish maqsadida BMTga a’zo mamlakatlarga daraxt ekish sohasida aniq tavsiyalar beriladi", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, mazkur rezolyutsiya O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan mamlakatda hayotga tatbiq etilayotgan, shahar va qishloq hududlarini ko‘kalamzorlashtirish orqali bioxilma-xillikni saqlash va tiklashga qaratilgan “Yashil makon” milliy dasturi konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan.
Hujjatda davlat rahbarining Bosh Assambleyaning 78-sessiyasi va BMT Iqlim bo‘yicha 28-konferensiyasida iqlim o‘zgarishiga va yerlarning degradatsiyasiga qarshi samarali kurashish bo‘yicha bildirgan asosiy takliflari o‘z ifodasini topgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida BMT O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan rezolyutsiyani qabul qilgan edi. Rezolyutsiyada 2027-yilni Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb e’lon qilish nazarda tutilgan. O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan ushbu rezolyutsiyaga 80 dan ortiq a’zo mamlakat hammualliflik qildi.
Antoniu Guterrish Oliy Darajali Do‘stlik ordeni bilan taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
Mirziyoyev mintaqadagi ko‘prik o‘rnatuvchi tashabbuskor, tinchlik elchisi — Antoniu Guterrish
Yangiliklar lentasi
0