Zelenskiy Kursk viloyatidagi hujumdan keyin AQShga hisobot berdi

© AP Photo / Efrem LukatskyPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vo vremya press-konferensii v Kiyeve 4-noyabrya 2023 goda.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vo vremya press-konferensii v Kiyeve 4-noyabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2024
Obuna bo‘lish
Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumidan keyin AQSh kongressmenlariga hisobot berdi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumidan keyin Vladimir Zelenskiy AQSh Kongressi vakillariga hisobot berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“AQSh Vakillar palatasining ikki partiyali delegatsiyasi bilan uchrashdim. Davlatimiz va boshqa qadriyatlarimizni himoya qilish haqida gaplashdik... Asosiy urg‘u – bu havo hujumidan mudofaa, ukrainaliklarning hayotini saqlab qolish va Rossiyaning urushni uzaytirish bo‘yicha har qanday urinishlarini to‘xtatishdir”, — deb yozdi Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida.
Zelenskiyning idorasi aniqlik kiritishicha, kongressmenlar delegatsiyasi tarkibida Donald Norkross, Selest Maloy va Jeyms Panetti bor. Ular bilan uchrashuvda Zelenskiy Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Ukraina qo‘shinlarining ustuvor ehtiyojlarini batafsil muhokama qildi.
Ucheniya YuVO v Krasnodarskom krae. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kursk viloyatidagi vaziyat haqida nimalar ma’lum?
Yangiliklar lentasi
0