https://oz.sputniknews.uz/20240808/kursk-vaziyat-45083439.html
Kursk viloyatidagi vaziyat haqida nimalar ma’lum?
Kursk viloyatidagi vaziyat haqida nimalar ma’lum?
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya QK Bosh shtabi boshlig‘i: Kursk viloyatidagi operatsiya dushmanning mag‘lubiyati va davlat chegarasiga chiqish bilan yakunlanadi.
2024-08-08T11:40+0500
2024-08-08T11:40+0500
2024-08-08T11:40+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
ukraina
harbiy
harbiy texnika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0b/42870481_0:80:3072:1808_1920x0_80_0_0_0eaf5bba2eea787135c77c57df82f031.jpg
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Kursk viloyatidagi vaziyat 6-avgust kuni ertalab ming kishigacha bo‘lgan Ukraina bo‘linmalari Sudja tumani hududining bir qismini egallab olishga uringach, keskinlashdi.Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident bilan uchrashuvda Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatida yurishini to‘xtatganini ma’lum qildi.Rossiya harbiylarining harakatlari natijasida dushman 315 kishisini yo‘qotdi, shu jumladan, kamida yuz kishi halok bo‘ldi va 215 kishi yaralandi, 54 ta zirhli texnika, jumladan, 7 ta tank yo‘q qilindi, dedi Gerasimov.Viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar o‘qqa tutilgan hududlardan aholini olib chiqishni tashkil qilib, vaqtinchalik yashash joylarini tayyorlagan. Bir kun davomida bir necha ming kishi otishma va jangovar harakatlar hududini tark etdi.Fuqarolik bo‘limlari ishini bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Denis Manturov muvofiqlashtiradi. Vladimir Putin bilan uchrashuvda u viloyat aholisini ko‘chirish uchun 1,8 milliard rubl miqdoridagi birinchi transh yuborilishini ma’lum qildi. Jami 2,5 ming oila uchun 11 milliard so‘mlik arizalar yig‘ilgan.Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) hujumi fonida Kursk viloyatidagi vaziyat haqida asosiy ma’lumotlar:Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk viloyatidagi vaziyatga munosabat bildirar ekan, avvalroq Kiyev rejimi navbatdagi keng ko‘lamli provokatsiyaga qo‘l urgani va tinch aholi va ularning manzillarini ham o‘qqa tutayotganini ma’lum qilgan edi.Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilishicha, Kursk viloyatidagi voqealardan keyin Rossiya o‘zi uchun maqbul va foydali deb hisoblagandagina to‘xtaydi. Medvedevning yozishicha, Kiyev Kursk viloyatiga hujum qilganidan keyin Rossiya hali ham mavjud Ukraina yerlariga borishi mumkin va kerak. "Endi buni xijolatsiz va diplomatik to‘siqlarsiz ochiq muhokama qilish mumkin va kerak.Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga hujumiga AQShning munosabati g‘azablanarli, dedi Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov."Amerika rasmiylarining Kiyev bezorilarining Rossiya Federatsiyasi hududidagi provokatsion xatti-harakatlariga javoban ommaviy bayonotlari haqiqatdan ham g‘azablantiradi", — dedi u jurnalistlarga.Antonov ta’kidlaganidek, Vashington rasmiylari tomonidan "mijozlariga tanqidiy so‘zlar yoki fojia qurbonlari uchun afsuslanish" bo‘lmagan. Diplomat Qo‘shma Shtatlarni Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga va ukrainalik neonatsistlarni "jazolashga" chaqirdi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0b/42870481_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_9c6818a46119cd445248cd5fefec67ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya qk bosh shtabi boshlig‘i kursk viloyati operatsiya
rossiya qk bosh shtabi boshlig‘i kursk viloyati operatsiya
Kursk viloyatidagi vaziyat haqida nimalar ma’lum?
Rossiya QK Bosh shtabi boshlig‘i: Kursk viloyatidagi operatsiya dushmanning mag‘lubiyati va davlat chegarasiga chiqish bilan yakunlanadi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Kursk viloyatidagi vaziyat 6-avgust kuni ertalab ming kishigacha bo‘lgan Ukraina bo‘linmalari Sudja tumani hududining bir qismini egallab olishga uringach, keskinlashdi.
Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident bilan uchrashuvda Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatida yurishini to‘xtatganini ma’lum qildi.
Rossiya harbiylarining harakatlari natijasida dushman 315 kishisini yo‘qotdi, shu jumladan, kamida yuz kishi halok bo‘ldi va 215 kishi yaralandi, 54 ta zirhli texnika, jumladan, 7 ta tank yo‘q qilindi, dedi Gerasimov.
“Operatsiya dushmanni mag‘lub etish va davlat chegarasiga yetib borish bilan yakunlanadi”, — dedi Bosh shtab boshlig‘i.
Viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar o‘qqa tutilgan hududlardan aholini olib chiqishni tashkil qilib, vaqtinchalik yashash joylarini tayyorlagan. Bir kun davomida bir necha ming kishi otishma va jangovar harakatlar hududini tark etdi.
Fuqarolik bo‘limlari ishini bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Denis Manturov muvofiqlashtiradi. Vladimir Putin bilan uchrashuvda u viloyat aholisini ko‘chirish uchun 1,8 milliard rubl miqdoridagi birinchi transh yuborilishini ma’lum qildi. Jami 2,5 ming oila uchun 11 milliard so‘mlik
arizalar yig‘ilgan.Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) hujumi fonida Kursk viloyatidagi vaziyat haqida asosiy ma’lumotlar:
UQK tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 31 kishi, jumladan, 6 nafar bola tan jarohati oldi, deb xabar berdi Rossiya SSV;
Rossiya xalqaro hamjamiyatni Kiyev rejimining Kursk viloyatiga vahshiyona hujumini qoralashga chaqiradi, deb xabar berdi Rossiya TIV;
Ukraina harbiylarining Kursk viloyatiga uyushtirgan hujumi vaziyatning keskinlashuvi xavfini oshirmoqda, dedi BMT bosh kotibi idorasi;
Kursk viloyatida favqulodda holat joriy etildi, mintaqaning chegara hududlarida qiyin operativ vaziyat saqlanib qolmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk viloyatidagi vaziyatga munosabat bildirar ekan, avvalroq Kiyev rejimi navbatdagi keng ko‘lamli provokatsiyaga qo‘l urgani va tinch aholi va ularning manzillarini ham o‘qqa tutayotganini ma’lum qilgan edi.
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram-kanalida
ma’lum qilishicha, Kursk viloyatidagi voqealardan keyin Rossiya o‘zi uchun maqbul va foydali deb hisoblagandagina to‘xtaydi. Medvedevning yozishicha, Kiyev Kursk viloyatiga hujum qilganidan keyin Rossiya hali ham mavjud Ukraina yerlariga borishi mumkin va kerak. "Endi buni xijolatsiz va diplomatik to‘siqlarsiz ochiq muhokama qilish mumkin va kerak.
Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga hujumiga AQShning munosabati g‘azablanarli, dedi Rossiyaning Vashingtondagi elchisi
Anatoliy Antonov."Amerika rasmiylarining Kiyev bezorilarining Rossiya Federatsiyasi hududidagi provokatsion xatti-harakatlariga javoban ommaviy bayonotlari haqiqatdan ham g‘azablantiradi", — dedi u jurnalistlarga.
Antonov ta’kidlaganidek, Vashington rasmiylari tomonidan "mijozlariga tanqidiy so‘zlar yoki fojia qurbonlari uchun afsuslanish" bo‘lmagan. Diplomat Qo‘shma Shtatlarni Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga va ukrainalik neonatsistlarni "jazolashga" chaqirdi.