O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qo‘shma loyihalar ishga tushdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qo‘shma loyihalar ishga tushdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qo‘shma loyihalar ishga tushdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2024
Obuna bo‘lish
Ikki tomonlama muzokaralar yakunida qo‘shma loyihalarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etishdi, deya xabar berdi O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati.
Ikki tomonlama muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Olmaotada Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiqda M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining filiallarini tantanali ravishda ochishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qo‘shma loyihalar ishga tushdi
Glavi gosudarstv prinyali uchastie v seremonii zapuska sovmestnix proyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qo‘shma loyihalar ishga tushdi
“O‘zbek va qozoq oliygohlari filiallarining o‘zaro ochilishi ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanayotganidan yana bir dalolat bo‘ldi. Mazkur ta’lim muassasalarida talab yuqori bo‘lgan texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanadi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari "Sian - Xorg‘os - Olmaota - Sariyog‘och - Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdining yetib kelishiga bag‘ishlangan marosimda ham ishtirok etishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qo‘shma loyihalar ishga tushdi
Glavi gosudarstv prinyali uchastie v seremonii zapuska sovmestnix proyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qo‘shma loyihalar ishga tushdi
Yuk poyezdi Sian shahridagi Qozog‘iston-Xitoy terminalidan "Xorg‘os" quruq portiga yo‘l oldi. U yerda konteynerlar qayta ortildi va Qozog‘iston temir yo‘llari bo‘ylab "Sariyog‘och" stansiyasi orqali so‘nggi manzilga – "Toshkent" stansiyasiga jo‘natildi.
Konteyner poyezdi rekord darajada 5 kun ichida 4486 km masofani bosib o‘tdi.
“Ushbu yo‘nalish yuk tashish vaqtini qisqartirib, savdo hajmini oshirishga kuchli turtki beradi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili mamlakatlar o‘rtasida tashilgan yuk hajmi 31 million tonnadan ortiqni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 17,2 foizga o‘sdi.
V rezidensii Akorda sostoyalas vstrecha Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomarta Tokayeva v uzkom sostave. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2024
Mirziyoyev va Toqayevning tor doiradagi uchrashuvi: nimalarga kelishib olindi?
Yangiliklar lentasi
0