Mirziyoyev va Toqayevning tor doiradagi uchrashuvi: nimalarga kelishib olindi?
12:43 08.08.2024 (yangilandi: 12:50 08.08.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV rezidensii "Akorda" sostoyalas vstrecha Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomarta Tokayeva v uzkom sostave.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Hukumatlarga tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish topshirildi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Oqo‘rda qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati.
Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi ushbu davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekani, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilganini ta’kidladi.
Tashrif arafasida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, biznes forumi va qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2034-yilga qadar strategik sheriklik va ittifoqchilik dasturi tayyorlandi, tashqi siyosat idoralari rahbarlari raisligidagi kengash tashkil etilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV rezidensii "Akorda" sostoyalas vstrecha Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomarta Tokayeva v uzkom sostave.
V rezidensii "Akorda" sostoyalas vstrecha Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomarta Tokayeva v uzkom sostave.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosiy va tarmoq idoralari darajasidagi muloqotlar natijadorligini oshirish, xalqaro va mintaqaviy maydonlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari, "Markaziy Osiyo plyus" formatlari doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish zarurligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Yoshlar siyosati va axborot maydonini shakllantirish sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish zarurligi aytilib, bu yo‘nalishda kompleks hamkorlik dasturini tayyorlashga kelishib olindi.
Ikki mamlakat parlamentlari palatalari ishtirokida Parlamentlararo forum tashkil etilishi qo‘llab-quvvatlandi.
“Hukumatlarga oy yakuniga qadar tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish topshirildi”, - deyiladi xabarda.
Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida joriy sammitga qadar umumiy qiymati 7 milliard dollarlik yangi bitim va shartnomalar portfeli ishlab chiqildi. Ular orasida energetika, transport va logistika, metallurgiya, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi loyihalar bor.
Uchrashuvda quyidagilarga kelishib olindi:
Sirdaryo viloyatida Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi qurilishini jadallashtirish va u yerda korxonalarni joylashtirish;
Yirik loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish masalasi o‘rganish;
Tranzit yuk tashish uchun qulay sharoitlarni ta’minlash, qo‘shma logistika majmualarini qurish, ikki mamlakat o‘rtasida avtomobil va temir yo‘l yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqish;
Hududlar forumini ikki Hududlar rahbarlari kengashiga aylantirish va uning birinchi yig‘ilishini joriy yilning kuzida Samarqandda o‘tkazish.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 7-9 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.