O‘zbekiston va Qozog‘iston 7 mlrd dollarlik loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshiradi
12:15 08.08.2024 (yangilandi: 12:18 08.08.2024)
© Press-slujba Pravitelstva respubliki KazaxstanQozog‘iston va O‘zbekiston 7 milliard dollarlik sarmoyaviy loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishga kelishib oldi
Obuna bo‘lish
Loyihalarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Qozog‘iston va O‘zbekiston 7 milliard dollarlik sarmoyaviy loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishga kelishib oldi, deya xabar berdi Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati.
Qozog‘iston-O‘zbekiston biznes-forumi doirasida ikki mamlakat bosh vazirlari o‘rinbosarlari Serik Jumangarin va Jamshid Xodjayev ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda umumiy qiymati 4,4 milliard dollarlik 34 ta investitsiya loyihasi va 2,6 milliard dollarlik 7 ta savdo shartnomasini birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.
© Press-slujba Pravitelstva respubliki KazaxstanQozog‘iston va O‘zbekiston 7 milliard dollarlik sarmoyaviy loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishga kelishib oldi
Qozog‘iston va O‘zbekiston 7 milliard dollarlik sarmoyaviy loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishga kelishib oldi
Turli sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan: energetika, konchilik va geologiya, transport, kimyo sanoati, qurilish, elektrotexnika, mashinasozlik, farmatsevtika va boshqalar.
Loyihalarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi.
Tomonlar Qozog‘istonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birgalikda yetishtirish hamda g‘alla va sholini chuqur qayta ishlash, Turkiston viloyatida ipak mahsulotlari ishlab chiqarish, qadoqlash materiallari ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha kelishib olishdi.
Shuningdek, Mangistau viloyatida qoramol terisini qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishga qaror qilindi.
“Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi ikki davlatning sarmoyaviy va savdo salohiyatidan samarali foydalanish imkonini beradi, bu esa Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan qo‘yilgan maqsadga erishish – o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev bu kabi tadbirlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga kuchli turtki bo‘layotganini ta’kidladi. U Qozog‘iston O‘zbekistonning asosiy iqtisodiy hamkorlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi va yirik jahon brendlarini samarali jalb etish bo‘yicha sa’y-harakatlarga qo‘shilishga chaqirdi.
Ma’lumot uchun, “Qozog‘iston – O‘zbekiston” biznes-forumida ikki mamlakat milliy kompaniyalari, ishbilarmon doiralari va davlat organlarining 450 nafardan ortiq vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Qozog‘istonning eng yirik savdo hamkorlaridan biri bo‘lib, 2023-yil yakuni bo‘yicha u 7-o‘rinni egalladi. Mamlakatning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan umumiy savdo aylanmasining 57 foizdan ortig‘i O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hissasiga to‘g‘ri keladi.
So‘nggi 5-yil ichida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 29 foizga o‘sib, 2022-yilda 5 milliard dollarga yetdi. Mamlakatlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi faol rivojlanmoqda: 14,7 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish bilan 3,1 milliard dollarlik 69 loyiha. 217 million dollarlik 12 ta qo‘shma loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu maishiy texnika, yuk va yengil avtomobillar, traktorlar ishlab chiqarishdir.
Faol bosqich umumiy qiymati 178 million dollardan ortiq bo‘lgan uchta investitsiya loyihasini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Tarazdagi 500 ming tonna po‘lat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega elektrometallurgiya zavodi va Chimkentdagi infuzion eritmalar ishlab chiqarish shular jumlasidandir.