Redaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Qozog‘iston O‘zbekistonning tashqi savdo hamkorlari ro‘yxatida nechanchi o‘rinda — ekspert javobi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Toshkent va Ostona o‘rtasidagi “O‘zbekiston va Qozog‘iston – qo‘shnilar, do‘stlar va raqobatchilar: munosabatlar qanday mustahkamlanadi?” mavzusida videoko‘prik bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Qozog‘iston uzoq yillar davomida O‘zbekistonning ishonchli tashqi savdo hamkorlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarov ma’lum qildi.
“Qozog‘iston uzoq yillar davomida O‘zbekistonning uchinchi yirik tashqi savdo sherigi bo‘lib kelmoqda. Bundan tashqari, 2023-yil yakunlarini oladigan bo‘lsak, tashqi savdoning umumiy hajmida Qozog‘iston O‘zbekiston tashqi savdosining 7 foizini, shundan eksport 5,5 foizdan ortig‘ini, import esa qariyb 8 foizni tashkil etadi”, — dedi Nazarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondan Qozog‘istonga eksport qilinadigan asosiy mahsulotlar orasida mashina va uskunalar, sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyo, tayyor mahsulotlar, nooziq-ovqat xomashosi va xizmatlar bor.
“Aytish kerakki, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarda so‘nggi yillarda eksport va importning jismoniy hajmida tayyor mahsulot ulushi ortib bormoqda, bu juda yaxshi va ijobiy”, — deya xulosa qildi ekspert.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0