Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

© press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2024
Obuna bo‘lish
Ostonada O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishadi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Ostona shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishadi. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi.
Asosiy e’tibor savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga qaratiladi. Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamini qabul qilish kutilmoqda.
"Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi birinchi muloqotda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan", — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat tashrifi doirasida Qozog‘iston poytaxtida ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonning tashqi savdo sheriklari orasida Qozog‘iston ko‘p yillardan buyon mustahkam 3 o‘rinni egallamoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2024
Matbuot markazi
Qozog‘iston O‘zbekistonning tashqi savdo hamkorlari ro‘yxatida nechanchi o‘rinda — ekspert javobi
Yangiliklar lentasi
0