https://oz.sputniknews.uz/20240806/novosibirsk-uzbekistan-russia-biznes-forum-45056663.html
Novosibirskda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi o‘tkazilishi kutilmoqda
Novosibirskda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi o‘tkazilishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Shu yilning kuz oyida Novosibirskda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
2024-08-06T13:09+0500
2024-08-06T13:09+0500
2024-08-06T13:09+0500
iqtisod
rossiya
o‘zbekiston
savdo
forum
tadbirkor
eksport
meva-sabzavot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27387414_0:191:3059:1912_1920x0_80_0_0_f16b86b1d78fd1de3f461d1fe4f53848.jpg
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Shu yilning sentabr-oktabr oylarida Novosibirskda O‘zbekiston-Rossiya forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deya xabar berdi "Dunyo" AA. O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Novosibirsk shahar Savdo-sanoat palatasi prezidenti Yuriy Bernadskiy bilan uchrashdi. Rossiya tomoni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan bevosita ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Novosibirsk Savdo-sanoat palatasi rahbari, shuningdek, O‘zbekistondan meva-sabzavot eksportini oshirish Rossiyaning ushbu mintaqasi uchun muhim rol o‘ynashini alohida ta’kidladi. Qayd etilishicha, ushbu masala Novosibirskda o‘tkazilishi rejalashtirilgan forum davomida ham ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar negizida savdo-sanoat hamkorligini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi aytib o‘tildi. Qayd etilishicha, Novosibirsk viloyatida 60 ta o‘zbek-rus qo‘shma korxonasi bor. "Chirchiq" texnoparkida "Zdravmedtech" kompaniyasi ishlab chiqarish maydonchasi ochilgan.Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasining 89 ta subyektidan jami 78 tasi O‘zbekiston hududlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalariga ega. Rossiya Federatsiyasi rahbari O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida Rossiya O‘zbekistonning asosiy biznes hamkorlaridan biri ekanini eslatib, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 10 milliard dollarga oshganini qayd etgan edi.So‘nggi yetti yilda O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobar oshdi. Eng muhimi, o‘zaro yetkazib berish tarkibi, birinchi navbatda, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar hisobiga sifat jihatidan o‘zgarmoqda. Bu jarayonda viloyatlar, jumladan, O‘zbekistonning asosiy hamkorlari – Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari, Tatariston, Moskva, Leningrad, Novosibirsk, Astraxan, Ivanovo, Chelyabinsk viloyatlari, Krasnodar, Perm o‘lkasi, Boshqirdiston va boshqalar faol ishtirok etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20240729/russia-uzbekistan-metrologiya-uskuna-44977080.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27387414_328:0:3059:2048_1920x0_80_0_0_76750b77959f901a7852eb438a622661.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
novosibirsk o‘zbekiston-rossiya biznes-forumi
novosibirsk o‘zbekiston-rossiya biznes-forumi
Novosibirskda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi o‘tkazilishi kutilmoqda
Shu yilning kuz oyida Novosibirskda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Shu yilning sentabr-oktabr oylarida Novosibirskda O‘zbekiston-Rossiya forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Novosibirsk shahar Savdo-sanoat palatasi prezidenti Yuriy Bernadskiy bilan uchrashdi.
Rossiya tomoni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan bevosita ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
“Shu munosabat bilan 2024-yil sentabr-oktabr oylarida Novosibirsk shahrida yetakchi ishlab chiqaruvchilar va Savdo-sanoat palatalari ekspertlari ishtirokida O‘zbekiston-Rossiya forumini tashkil etish imkoniyatlarini ilgari surdi”, — deyiladi xabarda.
Novosibirsk Savdo-sanoat palatasi rahbari, shuningdek, O‘zbekistondan meva-sabzavot eksportini oshirish Rossiyaning ushbu mintaqasi uchun muhim rol o‘ynashini alohida ta’kidladi. Qayd etilishicha, ushbu masala Novosibirskda o‘tkazilishi rejalashtirilgan forum davomida ham ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistonda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar negizida savdo-sanoat hamkorligini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi aytib o‘tildi.
Qayd etilishicha, Novosibirsk viloyatida 60 ta o‘zbek-rus qo‘shma korxonasi bor. "Chirchiq" texnoparkida "Zdravmedtech" kompaniyasi ishlab chiqarish maydonchasi ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasining 89 ta subyektidan jami 78 tasi O‘zbekiston hududlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalariga ega. Rossiya Federatsiyasi rahbari O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida Rossiya O‘zbekistonning asosiy biznes hamkorlaridan biri ekanini eslatib, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 10 milliard dollarga oshganini qayd
etgan edi.So‘nggi yetti yilda O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobar oshdi. Eng muhimi, o‘zaro yetkazib berish tarkibi, birinchi navbatda, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar hisobiga sifat jihatidan o‘zgarmoqda. Bu jarayonda viloyatlar, jumladan, O‘zbekistonning asosiy hamkorlari – Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari, Tatariston, Moskva, Leningrad, Novosibirsk, Astraxan, Ivanovo, Chelyabinsk viloyatlari, Krasnodar, Perm o‘lkasi, Boshqirdiston va boshqalar faol
ishtirok etmoqda.