Rossiya O‘zbekistonga metrologik uskunalar yetkazib beradi — tafsilotlar

© RosstandartDelegatsiya Uzbekskogo agentstva po texnicheskomu regulirovaniyu oznakomilas s prakticheskoy deyatelnostyu Rosstandarta
Delegatsiya Uzbekskogo agentstva po texnicheskomu regulirovaniyu oznakomilas s prakticheskoy deyatelnostyu Rosstandarta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Rossiya texnik tartibga solish agentligi va metrologiya federal agentligi o‘rtasida hamkorlik hujjati imzolandi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga metrologiya sohasida qo‘llaniladigan o‘lchov uskunalarini yetkazib beradi. Bu haqda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ma’lum qildi.
Moskvada O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Rossiya texnik tartibga solish agentligi va metrologiya federal agentligi rahbari Anton Shalayev va uning tizim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.
Tomonlar texnik tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohasida olib borilayotgan ishlar, sohaga raqamlashtirish tizimini joriy etish, texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini oshirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.

“Uchrashuv natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonga metrologiya sohasida texnik ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida hukumatlararo bitim doirasida kelishilgan ro‘yxatga muvofiq uskunalar yetkazib berish jadvali imzolandi”, — deyiladi xabarda.

Quyidagi masalalar ham muhokama etildi:
Rossiya va O‘zbekiston texnik qo‘mitalari hamda laboratoriyalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish;
Xalqaro elektrotexnik komissiyasi muvofiqlikni baholash tizimida ishtirok etish;
standartlarni saqlash va tarqatish;
eng yaxshi standartchi ko‘rik tanlovini o‘tkazish;
kalbrlash va metrologiya xizmatlarini tashkil etish.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Rossiya tajribasini ham o‘rganish maqsadida Rosstandartning quyi tashkilotlariga ham tashrif buyurishdi.
Eslatib o‘tamiz, bitim joriy yilning may oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolangan edi.
Yangiliklar lentasi
0