Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha tender e’lon qilindi

© Natsionalnaya Aviakompaniya Respubliki Uzbekistan Mejdunarodniy aeroport «Urgench”
Mejdunarodniy aeroport «Urgench” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2024
Obuna bo‘lish
Urganch aeroportining yo‘lovchi tashish hajmi yiliga o‘rtacha 7,5 foizga o‘sib borishi prognoz qilinmoqda.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. ​“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Urganch aeroportini davlat-xususiy sheriklik (DXSh) modeli asosida modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha tender e’lon qildi.

“Aksiyadorlik jamiyati “Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish” loyihasini “Qurish-foydalanish-topshirish” (Build-Operate-Transfer, BOT) modeli asosida amalga oshirish bo‘yicha tenderning birinchi bosqichini e’lon qiladi”, — deyiladi xabarda.

Shu kabi loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega barcha manfaatdor kompaniyalar tenderda ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatlarni topshirish qoidalari bilan uzairports.com rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Dastlabki malaka so‘rovi bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddati: 2024-yil 14-sentabr, Toshkent vaqti bilan soat 18:00.
Qayd etilishicha, hozirda Urganch aeroportiga 8 ta aviakompaniya muntazam va 40 taga yaqin aviakompaniya charter reyslarni amalga oshirmoqda. 2023-yilda aeroport 590 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2024-yilda yo‘lovchi tashish hajmi 17 foizga o‘sishi kutilmoqda.
"Dastlabki prognozlarga ko‘ra, DXSh amal qilishi davrida yo‘lovchi tashish hajmi yiliga o‘rtacha 7,5 foizga o‘sib borishi prognoz qilinmoqda", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-marta pribil iz Karakalpakstana v Xorezmskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2024
​Urganch xalqaro aeroporti vaqtincha yopiladi
Yangiliklar lentasi
0