​Urganch xalqaro aeroporti vaqtincha yopiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 31-marta pribil iz Karakalpakstana v Xorezmskuyu oblast
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-marta pribil iz Karakalpakstana v Xorezmskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2024
Obuna bo‘lish
Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Urganch xalqaro aeroporti vaqtincha faoliyatini to‘xtatadi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".
“2024 yil 20-iyul Toshkent vaqti bilan soat 00:01 dan 2024-yil 7-avgust 23:59 gacha Urganch xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan faoliyatini to‘xtatadi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddatdan beri ishlashi hamda havo kemalarining qo‘nishi va uchishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Xususan, uzunligi 3000 m va eni 16 m bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini butunlay almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi yurish yo‘laklari kapital ta’mirlanadi.
“Urganch aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi kapital ta’mirdan so‘ng Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qila oladi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi. Yo‘lovchilar Nukus va Urganch aeroportlari o‘rtasida transferlar bilan ta’minlanadi.
Uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital rekonstruksiya qilish oxirgi marta 1997-yilda, shikastlangan qismlarini qisman ta’mirlash esa 2018-yilda amalga oshirilgan.
Aeroporti Uzbekistana infografika zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
O‘zbekiston xalqaro aeroportlari
Yangiliklar lentasi
0