Toshkent O‘zbekiston-Belarus ayollari biznes-forumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda — tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Belarusi
Flagi Uzbekistana i Belarusi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2024
Obuna bo‘lish
Forumda tijorat shartnomalari, bitimlar va hamkorlik memorandumlari tuzish bo‘yicha kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Toshkentda 26-27 avgust kunlari ikkinchi O‘zbekiston-Belarus ayollari biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva rahbarligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda 26-27 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ikkinchi O‘zbekiston-Belarus ayollari biznes-forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, forumni yuqori saviyada tashkil etish va yangi hamkorlik shartnomalariga ega bo‘lish, jarayonlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar hamda belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
“Ikkinchi biznes-forumda yetti seksiya, ya’ni xizmatlar sohasi, elektr texnik sanoati, kimyo sanoati, yengil sanoat, qishloq va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va elektr energetika va “yashil” energetika yo‘nalishlari bo‘yicha majlislar tashkil etish rejalashtirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Seksiya majlislari va ko‘rgazma o‘tkaziladigan joylarda ikki mamlakat tadbirkor ayollari va davlat organlari o‘rtasida “B2B” va “G2B” formatidagi uchrashuvlar, shuningdek, tijorat shartnomalari, bitimlar va hamkorlik memorandumlari tuzish bo‘yicha kelishuvlarga erishish nazarda tutilgan.
Biznes-forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining biznes va iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash;
yangi hamkorlik imkoniyatlarini izlash va mavjudlarini kengaytirish;
tajriba almashish;
ikki mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish;
o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga xotin-qizlarni keng jalb qilish.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Minskda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda ikki mamlakat tadbirkor ayollari o‘rtasida “B2B” formatida o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida 92 mln dollar miqdorida 42 ta shartnoma va 17 ta memorandum imzolangan.
Flagi Uzbekistana i Belorussii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
O‘zbekiston va Belarus 2025-yilgacha 1 mlrd dollardan ortiq loyihalarni amalga oshiradi
Yangiliklar lentasi
0