O‘zbekiston va Belarus 2025-yilgacha 1 mlrd dollardan ortiq loyihalarni amalga oshiradi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaFlagi Uzbekistana i Belorussii.
Flagi Uzbekistana i Belorussii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
Obuna bo‘lish
Belarus O‘zbekistonda bolalar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma ishlab chiqarishni tashkil etmoqchi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus 2024—2025 yillarda umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshiradi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston va Belarus hududlararo ikkinchi forumida chog‘ida Belarus bosh vazir o‘rinbosari Leonid Zayas jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar berdi BELTA muxbiri.
Forum doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xojayev va Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Leonid Zayas o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.
© Foto : Istochnik: BELTAO‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xojayev va Belarus bosh vazir o‘rinbosari Leonid Zayas o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.
Zamestitel Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan Xodjayev, Jamshid Abduxakimovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xojayev va Belarus bosh vazir o‘rinbosari Leonid Zayas o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

“Tomonlar barcha sohalarda o‘zaro anglashuvga erishishdi: bu sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash sanoati, gumanitar masalalar, ta’lim masalalari, sport va turizm sohasidagi hamkorlik, o‘rmon xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash, shaharsozlik, uy-joy kommunal xo‘jaligi. Ular jami 1,054 milliard dollarlik 99 ta hujjat bilan muhrlangan”, — deyiladi xabarda.

Bunga eksport shartnomalari va investitsiya loyihalari kiradi. Ularni amalga oshirish 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan.
© Foto : Istochnik: BELTAO‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xojayev va Belarus bosh vazir o‘rinbosari Leonid Zayas o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.
Zamestitel Premyer-ministra Respubliki Belarus Leonid Konstantinovich Zayas  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xojayev va Belarus bosh vazir o‘rinbosari Leonid Zayas o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

“Bu loyihalar yaqin ikki yilga mo‘ljallangan mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning yo‘l xaritasi asosini tashkil etadi. “Biz bu masalalarni birorta ham nuqta, birorta ham pozitsiya ortda qolmasligi uchun nazoratga olamiz”, — dedi Zayas.

2018-2022 yillar davomida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3,2 barobar oshdi. 2023-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yana 12 foizga oshib, 565 million dollardan oshdi.
Belarus, xususan, O‘zbekistonda bolalar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma ishlab chiqarishni tashkil etish, Minsk avtomobilzavodi yo‘lovchi tashish transportini yig‘ishni tashkil etish, to‘qimachilik sanoati korxonalarini ochish istagida. Paxtachilik traktorlari qo‘shma ishlab chiqarish ham yaratilmoqda.
Ministri inostrannix del Uzbekistana i Belarusi proveli v Tashkente peregovori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlari uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
Yangiliklar lentasi
0