Kamala Xarris prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun yetarli ovoz to‘pladi — OAV

© AP Photo / Andrew HarnikVitse-prezident SShA Kamala Xarris
Vitse-prezident SShA Kamala Xarris  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2024
Obuna bo‘lish
ABC: Xarris AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lish uchun yetarli ovoz to‘plaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun yetarlicha qo‘llab-quvvatlanganini aytdi. Bu haqda RIA Novosti ABC News telekanaliga tayanib xabar berdi.
“Men partiyamiz nomzodi bo‘lish uchun zarur bo‘lgan keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlovni qo‘lga kiritganimdan faxrlanaman...Tez orada ushbu nomzodni rasman qabul qilishni intiqlik bilan kutaman”, — deyiladi Xarris bayonotida.
AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiyani hozirgi davlat rahbari Jo Bayden vakillik qilishi taxmin qilingan edi. Biroq, sobiq prezident Donald Tramp bilan iyun oyida bo‘lib o‘tgan debatdagi halokatli natijadan so‘ng demokratlar o‘rtasida Baydenni kurashdan voz kechishga chaqirishlar kuchayib ketdi. Bayden 21-iyul kuni poygadan chiqishga qaror qildi va vitse-prezident Xarrisning AQSh hukumatining eng yuqori lavozimiga nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
Prezident Djo Bayden vistupayet pered SMI posle vstrechi s liderami Kongressa o predotvrashenii pervogo v istorii gosudarstvennogo defolta 9-maya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2024
Bayden saylov poygasidan chiqishini e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0