https://oz.sputniknews.uz/20240722/bayden-saylov-poyga-chiqish-44889487.html
Bayden saylov poygasidan chiqishini e’lon qildi
Bayden saylov poygasidan chiqishini e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
Bayden AQSh prezidenti lavozimiga qayta saylanmasligini aytdi.
2024-07-22T09:03+0500
2024-07-22T09:03+0500
2024-07-22T10:21+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
jo bayden
saylovlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/04/37594722_0:199:3072:1927_1920x0_80_0_0_5ed0d3a19803e78bba9ee1e2c44b1a54.jpg
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qayta saylanish uchun kurashmasligini aytdi. Bayden yakshanba kuni saylovdan chiqishini e’lon qiladi – OAVJo Bayden yakshanba kuni saylovoldi poygasidan chiqqaniga qaramay, amaldagi muddatini yakunlash niyatida ekanini e’lon qildi. U xalqqa murojaatida o‘z qarori haqida batafsilroq gapirishga va’da berdi. AQSh Federal saylov komissiyasi hujjat matnidan kelib chiqqan holda mamlakat vitse-prezidenti Kamala Xarrisning davlat rahbari lavozimiga nomzodi ilgari surilgani haqida bildirishnoma oldi. Bayden o‘z vitse-prezidenti Kamala Xarris nomzodini qo‘llab-quvvatladi. AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris mamlakatdagi eng yuqori lavozimga saylansa, Amerika uchun falokat bo‘ladi, deb ishonadi AQSh Respublikachilar partiyasi Milliy qo‘mitasi. Qayd etilishicha, Xarris prezidentning har bir muvaffaqiyatsizligi uchun Bayden bilan teng aybdor. Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Xarrisni mag‘lub etish unga ancha oson bo‘lishini bir necha bor ta’kidlagan. Ma’lumot uchun, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod 19-22 avgust kunlari Chikagoda bo‘lib o‘tadigan qurultoyda tanlanadi. Nomzod delegatlarning deyarli to‘rt ming ovozini olgan kishi bo‘ladi. AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/04/37594722_410:142:2882:1996_1920x0_80_0_0_cc0a80fd4f87febba28c872613a2d340.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bayden aqsh prezident lavozim saylov
bayden aqsh prezident lavozim saylov
Bayden saylov poygasidan chiqishini e’lon qildi
09:03 22.07.2024 (yangilandi: 10:21 22.07.2024) Bayden AQSh prezidenti lavozimiga qayta saylanmasligini aytdi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qayta saylanish uchun kurashmasligini aytdi.
Jo Bayden yakshanba kuni saylovoldi poygasidan chiqqaniga qaramay, amaldagi muddatini yakunlash niyatida ekanini e’lon qildi.
“Sizga prezident sifatida xizmat qilish men uchun eng katta sharaf bo‘ldi. Garchi men qayta saylanish niyatida bo‘lsam-da, aminmanki, men o‘z lavozimimdan ketib, qolgan muddatim davomida prezident lavozimida ishlashga e’tibor qaratsam, partiyam va mamlakatim uchun yaxshi bo‘ladi”, — deyiladi Baydenning X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotida.
U xalqqa murojaatida o‘z qarori haqida batafsilroq gapirishga va’da berdi.
AQSh Federal saylov komissiyasi hujjat matnidan kelib chiqqan holda mamlakat vitse-prezidenti Kamala Xarrisning davlat rahbari lavozimiga nomzodi ilgari surilgani haqida bildirishnoma oldi.
“Vitse-prezident Xarris endi 2024-yilgi saylovda Qo‘shma Shtatlar prezidentligiga nomzod bo‘lib, saylovoldi tashviqoti bilan faqat shu lavozimni egallash uchun shug‘ullanadi”, — deyiladi e’lon qilingan arizada.
Bayden o‘z vitse-prezidenti Kamala Xarris nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris mamlakatdagi eng yuqori lavozimga saylansa, Amerika uchun falokat bo‘ladi, deb ishonadi AQSh Respublikachilar partiyasi Milliy qo‘mitasi. Qayd etilishicha, Xarris prezidentning har bir muvaffaqiyatsizligi uchun Bayden bilan teng aybdor.
Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Xarrisni mag‘lub etish unga ancha oson bo‘lishini bir necha bor ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod 19-22 avgust kunlari Chikagoda bo‘lib o‘tadigan qurultoyda tanlanadi. Nomzod delegatlarning deyarli to‘rt ming ovozini olgan kishi bo‘ladi. AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.