https://oz.sputniknews.uz/20240716/laziz-kudratov-kavkaz-forum-44819006.html
Laziz Kudratov Kavkaz investitsiya forumida qanday masalalarni ilgari surdi?
Laziz Kudratov Kavkaz investitsiya forumida qanday masalalarni ilgari surdi?
Sputnik O‘zbekiston
Laziz Kudratov Kavkaz investitsiya forumida qanday masalalarni ilgari surdi?
2024-07-16T10:41+0500
2024-07-16T10:41+0500
2024-07-16T10:41+0500
o‘zbekiston - rossiya
hamkorlik
laziz qudratov
checheniston
forum
kavkaz
investitsiya
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/10/44818682_0:351:1082:960_1920x0_80_0_0_03d745aed0c90005958de4afafa82781.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Kecha, 15-iyul kuni, O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Checheniston Respublikasiga tashrifi doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov 1-Kavkaz investitsiya forumida ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Oxirgi 7-yilda O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobar o‘sdi va 2023-yil yakuniga ko‘ra qariyb 10 milliard dollarga yetdi. O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida ushbu hududlararo hamkorlik platformasi imkoniyatlarini yanada oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rishi muhimligi ta’kidlandi. Vazir Rossiya hududlari va Rossiya biznesi vakillarini O‘zbekistonda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib o‘zaro manfaatli yangi loyiha va tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240709/uzbekistan-russia-tovar-ayirboshlash-oshirish-44727593.html
checheniston
kavkaz
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/10/44818682_0:64:1103:891_1920x0_80_0_0_962a509bbdf59b5dfef9619eb008859c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
laziz kudratov kavkaz investitsiya forumida qanday masalalarni ilgari surdi?
laziz kudratov kavkaz investitsiya forumida qanday masalalarni ilgari surdi?
Laziz Kudratov Kavkaz investitsiya forumida qanday masalalarni ilgari surdi?
Forum Grozniy shahrida bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Kecha, 15-iyul kuni, O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Checheniston Respublikasiga tashrifi doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov 1-Kavkaz investitsiya forumida ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi. Laziz Kudratov “Katta Kavkaz: dengizdan dengizgacha” deb nomlangan plenar sessiyasida ma’ruzachi sifatida so‘zga chiqdi. U ikki davlat rahbarlari tomonidan o‘zaro savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha qo‘yilgan vazifani bajarish uchun O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
Oxirgi 7-yilda O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobar o‘sdi va 2023-yil yakuniga ko‘ra qariyb 10 milliard dollarga yetdi.
Munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari qatorida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish uchun yangi qo‘shma sanoat zonalarini tashkil etish, qo‘shma moliyalashtirish vositalarini shakllantirish, turizmni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish ham belgilandi.
O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida ushbu hududlararo hamkorlik platformasi imkoniyatlarini yanada oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rishi muhimligi ta’kidlandi.
Vazir Rossiya hududlari va Rossiya biznesi vakillarini O‘zbekistonda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib o‘zaro manfaatli yangi loyiha va tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga chaqirdi.