O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishni jadallashtirmoqchi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki UzbekistanMoskvada o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Moskvada o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Moskvaga bordi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni jadallashtiradi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.
Vazir Laziz Kudratov O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruhining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish chora-tadbirlari, savdo aloqalarini kengaytirishga oid keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki UzbekistanMoskvada o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
V Moskve obsudili meri po uvelicheniyu obyomov vzaimnoy torgovli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2024
Moskvada o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Kudratovning qayd etishicha, ikki davlat rahbarlarining mustahkam siyosiy irodasi va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlari tufayli O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik etalon modelga aylangan.
O‘zaro savdo aylanmasi barqaror o‘sishining ijobiy dinamikasi qayd etildi. Uning hajmi so‘nggi 7-yilda 2,5 barobar va joriy yil boshidan buyon 30 foizga oshdi.
“Bunga, boshqa omillar bilan bir qatorda, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik rejimi doirasida erishilgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, ikki tomonlama savdo tarkibi keskin kengayib, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ulushi ortdi”, — deyiladi xabarda.
Ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilab berilgan maqsad – 2030-yilgacha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 30 milliard dollarga yetkazish uchun mamlakatlarda barcha zarur imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Bu vazifani ijro etishda 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma Harakatlar rejasini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki UzbekistanMoskvada o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
V Moskve obsudili meri po uvelicheniyu obyomov vzaimnoy torgovli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2024
Moskvada o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

“Uchrashuvda tomonlar rejadagi vazifalar ijrosining bugungi holatini atroflicha o‘rganib chiqdi va bu borada ishlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqdi”, — deyiladi xabarda.

Kudratov, shuningdek, Butunrossiya tashqi savdo akademiyasiga (BTSA) tashrif buyurdi. Rektor Vittoriya Idrisova ta’lim muassasasida talabalarni sifatli tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki UzbekistanV Moskve obsudili meri po uvelicheniyu obyomov vzaimnoy torgovli
V Moskve obsudili meri po uvelicheniyu obyomov vzaimnoy torgovli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2024
V Moskve obsudili meri po uvelicheniyu obyomov vzaimnoy torgovli
Toshkent shahrida Akademiya filialini ochish bo‘yicha hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, xususan, Toshkent shahrida Akademiyaning filialini ochish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0