https://oz.sputniknews.uz/20240715/mehnat-migratsiyasi-oilalar-moddiy-yordam-44814441.html
Boquvchisi mehnat migratsiyasiga ketgan oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Boquvchisi mehnat migratsiyasiga ketgan oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Sputnik O‘zbekiston
2024 yil 1-oktabrdan boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan oilalarga bazoviy hisoblash miqdorining (BHM) ikki baravari miqdorida (680 ming so‘m) bir martalik moddiy yordam berilishi nazarda tutilmoqda.
2024-07-15T19:12+0500
2024-07-15T19:12+0500
2024-07-15T19:42+0500
migratsiya
migrantlar
o‘zbekiston
bir martalik yordam puli
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_84f0b0011377625ef827a30567652ff1.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda boquvchisi mehnat migratsiyasiga ketgan oilalarga bir martalik moddiy yordam berilishi kutilmoqda. Hukumatning tegishli qarori muhokamaga qo‘yilgan.Hujjat bilan 2024-yil 1-oktabrdan boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan oilalarga bazoviy hisoblash miqdorining (BHM) ikki baravari miqdorida (680 ming so‘m) bir martalik moddiy yordam berilishi nazarda tutilmoqda.Mablag‘lar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan beriladi.Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1,7 million so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordam berish rejalashtirilgan.Shuningdek, mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O‘zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo‘llanma berilishi mumkin.Bundan tashqari, mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo‘llanmalar berilishi nazarda tutilmoqda.Xorijga ishga ketuvchilar kerakli kasblarni qanday o‘rganishmoqda — videoYordam pullari va yo‘llanmalar mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar “Xorijda ish” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa beriladi.Yordam pullari va yo‘llanmalarni olish uchun talabgorlar “Xorijda ish” dasturiy majmuasi orqali elektron tarzda murojaat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240423/davlat-migrantlar-qollab-quvvatlash-43572083.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_272:0:2845:1930_1920x0_80_0_0_934443caf29ff77a03e3a3ab5e59f640.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mehnat migratsiyasi yordam puli o‘zbekiston ariza
mehnat migratsiyasi yordam puli o‘zbekiston ariza
Boquvchisi mehnat migratsiyasiga ketgan oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
19:12 15.07.2024 (yangilandi: 19:42 15.07.2024) Yordam pullari va yo‘llanmalar mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar “Xorijda ish” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa beriladi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda boquvchisi mehnat migratsiyasiga ketgan oilalarga bir martalik moddiy yordam berilishi kutilmoqda. Hukumatning tegishli qarori muhokamaga
qo‘yilgan. Hujjat bilan 2024-yil 1-oktabrdan boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan oilalarga bazoviy hisoblash miqdorining (BHM) ikki baravari miqdorida (680 ming so‘m) bir martalik moddiy yordam berilishi nazarda tutilmoqda.
Mablag‘lar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan beriladi.
Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1,7 million so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordam berish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O‘zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo‘llanma berilishi mumkin.
Bundan tashqari, mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo‘llanmalar berilishi nazarda tutilmoqda.
Yordam pullari va yo‘llanmalar mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar “Xorijda ish” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa beriladi.
Yordam pullari va yo‘llanmalarni olish uchun talabgorlar “Xorijda ish” dasturiy majmuasi orqali elektron tarzda murojaat qiladi.