Farg‘onada Lola Murotova nomidagi kasb-hunar maktabi ochildi
10:00 12.07.2024 (yangilandi: 10:07 12.07.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV xode poyezdki v Ferganu Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil professionalnuyu shkolu selskogo xozaystva imeni Loli Murotovoy
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Lola Murotovaning ko‘p yillik mehnati, insoniy fazilatlarini yodga oldi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifi chog‘ida Lola Murotova nomidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabi ochildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV xode poyezdki v Ferganu Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil professionalnuyu shkolu selskogo xozaystva imeni Loli Murotovoy
V xode poyezdki v Ferganu Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil professionalnuyu shkolu selskogo xozaystva imeni Loli Murotovoy
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Lola Murotova O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi, “El-yurt hurmati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari sohibasi bo‘lgan. Butun umrini shu sohaga bag‘ishlab, katta muvaffaqiyat va hurmat qozongan.
Bu boy tajribani yoshlarga yetkazish, qishloq xo‘jaligida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash maqsadida ushbu ta’lim dargohi tashkil etildi. Davlat rahbari bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV xode poyezdki v Ferganu Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil professionalnuyu shkolu selskogo xozaystva imeni Loli Murotovoy
V xode poyezdki v Ferganu Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil professionalnuyu shkolu selskogo xozaystva imeni Loli Murotovoy
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Kasb-hunar maktabi 480 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlanadi. O‘ttizdan ortiq auditoriyalar, yettita laboratoriya, kompyuter xonalari, faollar zali va muzey barpo etilgan. Shuningdek, 150 o‘rinli turar joy, sport zali, mini-futbol maydonchasi, ustaxona, issiqxona va mashg‘ulotlar uchun avtodrom o‘quvchilar ixtiyorida bo‘ladi.
Muassasaga umumta’lim maktablarining 9-sinfini bitirganlar o‘qishga qabul qilinadi. O‘quv jarayoni boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari asosida, amaliyot bilan bog‘liq holda olib boriladi. Shavkat Mirziyoyev Lola Murotovaning ko‘p yillik mehnati, insoniy fazilatlarini yodga oldi.
“Lola opa o‘zbek ayolining nimalarga qodirligini ko‘rsatdi, shu bilan birga, juda kamtar va soddadil edi. Fidokorligi, mehnatsevarligi bilan yurtimiz rivoji va obodligiga katta hissa qo‘shgan edi. Bu jihatlar yoshlarga o‘rnak bo‘lishi, ular kasbni yaxshi o‘rganishi kerak”, - dedi davlat rahbari.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV xode poyezdki v Ferganu Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil professionalnuyu shkolu selskogo xozaystva imeni Loli Murotovoy
V xode poyezdki v Ferganu Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil professionalnuyu shkolu selskogo xozaystva imeni Loli Murotovoy
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish, metodik yordam ko‘rsatish uchun maktab Farg‘ona davlat universitetiga biriktirildi. Shuningdek, muassasada “Fermerlar maktabi”ni ham tashkil etish ko‘zda tutilgan. Unda buyurtmachilar mablag‘lari hisobidan fermerlar malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi.
Prezident 2022-yil va o‘tgan yilda Farg‘ona shahridagi ushbu massiv qurilishini ko‘zdan kechirgan edi. 300 gektarli hududda 65 ming aholiga mo‘ljallangan 365 ta ko‘p qavatli uy bosqichma bosqich bunyod etilmoqda. Bu uylar 7, 9, 12, 16 va 25 qavatli bo‘lib, bu viloyat shaharsozligida o‘ziga xos yangilik sanaladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil stroyashiysya massiv "Yangi Uzbekiston" v gorode Fergane.
Shavkat Mirziyoyev posetil stroyashiysya massiv "Yangi Uzbekiston" v gorode Fergane.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Hozirgi kunda 2 ming 887 xonadonli 75 ta uy foydalanishga topshirildi. Ularning negizida Nurafshon mahallasi tashkil etildi. Uylarga 500 dan ortiq oila ko‘chib keldi. Ikkita maktab, uchta bog‘cha va poliklinika ochildi. Joriy yil yana 25 ta uy bunyod etiladi.
Aholini ish bilan ta’minlash uchun massiv hududining 50 gektarida kichik sanoat zonasi tashkil etiladi. Oziq-ovqat, tikuvchilik, to‘qimachilik, charm-poyabzal, farmatsevtika, mebelsozlik va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar ish boshlaydi. Bugunga qadar 423 milliard so‘mlik 5 ta loyiha joylashtirildi. Ularning natijasida 700 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil stroyashiysya massiv "Yangi Uzbekiston" v gorode Fergane.
Shavkat Mirziyoyev posetil stroyashiysya massiv "Yangi Uzbekiston" v gorode Fergane.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil stroyashiysya massiv "Yangi Uzbekiston" v gorode Fergane.
Shavkat Mirziyoyev posetil stroyashiysya massiv "Yangi Uzbekiston" v gorode Fergane.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i”, so‘lim xiyobonlar, sun’iy ko‘l, to‘rt ming o‘rinli amfiteatr barpo qilindi. Bog‘ hududiga buta va manzarali daraxtlar ekilgan. Turli attraksionlar o‘rnatilgan.
Davlat rahbari massiv bo‘ylab yurib, so‘lim maskanni ko‘zdan kechirdi. Bog‘da qurilgan amfiteatrda qisqa konsert dasturi namoyish etildi.