Yangi loyihalar, ish o‘rinlari va investitsiya: Farg‘onani qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFarg‘onada 7 milliard dollarlik investitsiya loyihalari rejalashtirilgan
Farg‘onada 7 milliard dollarlik investitsiya loyihalari rejalashtirilgan    - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2024
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Farg‘onada 7 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari rejalashtirilgan, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida rejalashtirilgan yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFarg‘onada 7 milliard dollarlik investitsiya loyihalari rejalashtirilgan
V Fergane zaplanirovani investitsionnie proyekti na 7 milliardov dollarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2024
Farg‘onada 7 milliard dollarlik investitsiya loyihalari rejalashtirilgan
Qayd etilishicha, keyingi yetti yilda Farg‘ona viloyatiga qariyb 77 trillion so‘mlik investitsiyalar jalb etilgan. Ularning natijasida 116 mingta ish o‘rni va 4,5 milliard dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan.
“Bu yil viloyatda 1,3 milliard dollarlik mingdan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda. Endi Farg‘ona viloyatida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 7 milliard dollardan ziyod 132 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan 2,1 milliard dollarlik 25 tasi davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi”, — deyiladi xabarda.
Loyihalarga Avstriya, AQSh, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Yaponiya va Ozarbayjon kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Ular to‘qimachilik, oziq-ovqat, tibbiyot, elektrotexnika, qurilish materiallari, xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan.
Masalan, Xitoy investorlari bilan hamkorlikda Uchko‘prik tumanida qiymati 50 million dollarga keramik plitalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Buning natijasida 500 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.
Quva tumanida Saudiya Arabistoni investorlari bilan birgalikda isitish va sovutish tizimlari ehtiyot qismlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Qiymati 50 million dollarlik ushbu loyiha yakunlangach, 350 kishining bandligi ta’minlanadi.
"Mazkur 132 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 23 mingdan ortiq aholi ish bilan ta’minlanadi", — deya qayd etilgan xabarda.
Prezident mutasaddilarga loyihalarning huquqiy-tashkiliy asoslarini tezlashtirish, investorlar uchun barcha sharotlarni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaYangi korxonalar ishga tushirilib, loyihalar qurilishi boshlandi
Dan start rabote predpriyatiy i stroitelstvu novix moshnostey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2024
Yangi korxonalar ishga tushirilib, loyihalar qurilishi boshlandi
Mamlakat yetakchisi shuningdek, Farg‘ona viloyatida yangi korxonalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0