BRIKS davlatlari orasida yangi raqamli hisob-kitob platformasi yaratiladi
14:05 12.07.2024 (yangilandi: 17:30 12.07.2024)
© Sputnik / Press-slujba Soveta Federatsii RF
/ Obuna bo‘lish
BRICS Bridge — hech bir mamlakatga tobe bo‘lmagan raqamli to‘lov platformasi bo‘ladi. Raqamli valyuta kursi milliy valyuta qiymatiga bog‘liq bo‘ladi.
TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. BRIKS davlatlarida ko‘p tomonlama raqamli hisob-kitob va to‘lov platformasi yaratilishi mumkin. Ushbu tizim ayni damda Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan tayyorlanmoqda, dedi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan BRIKS parlamentariylari forumida.
“Rossiya Moliya vazirligi va Rossiya Markaziy banki hamkorlar bilan birgalikda BRIKS mamlakatlari rahbarlariga xalqaro valyuta-moliya tizimini takomillashtirish bo‘yicha hisobot tayyorlamoqda. Unda tashabbus va tavsiyalar ro‘yxati keltirilgan. Ushbu tashabbuslar natijasida BRIKSga davlatlari moliyaviy bozorlarini birlashtirishga va o‘zaro savdo aylanmasini oshirishga yordam beradigan ko‘p tomonlama raqamli hisob-kitob va to‘lov platformasi BRICS Bridge paydo bo‘lishi mumkin”, — dedi u o‘z nutqi davomida.
Bunda BRIKS davlatlari markaziy banklari raqamli valyutalaridan foydalanish mumkin. Ularning kurslari milliy valyutalar qiymatiga bog‘liq bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi Matviyenko.
“Bundan tashqari, ushbu raqamli hisob-kitob va to‘lov platformasi hech bir davlatga tobe bo‘lmaydi yoki ishtirokchilarning hech biri boshqalarning harakatlarini cheklay olmaydi. Agar Rossiya tashabbusi ma’qullansa, BRIKS davlatlari milliy raqamli valyutani muomalaga kiritish va uni transchegaraviy to‘lovlarda qo‘llash uchun o‘z qonunchiligini muvofiqlashtirishi kerak bo‘ladi”, — deya xulosa qildi Matviyenko.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2024-yilda BRIKSga raislikni qabul qildi. Ayni damda tashkilotga a’zo davlatlar soni 10 taga yetdi — Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Misr, Efiopiya, Eron, BAA va Saudiya Arabistoni. Rossiyaning BRIKSga raisligi adolatli global rivojlanish va xavfsizlik uchun ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlash shiori ostida o‘tkazilmoqda. Rossiya Federatsiyasi o‘z raisligi doirasida 200 tadan ortiq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarni tashkil qiladi. BRIKS davlatlari raqmli hisob-kitob platformasini yaratish ana shunday tashabbuslardan biridir.