https://oz.sputniknews.uz/20240711/russia-brics-sharoitlar-putin-44767831.html
BRIKSga qiziqish bildirgan barcha davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyormiz — Putin
BRIKSga qiziqish bildirgan barcha davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyormiz — Putin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan BRIKS parlament forumida nutq so‘zladi.
2024-07-11T18:00+0500
2024-07-11T18:00+0500
2024-07-11T18:00+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
vladimir putin
briks (brics)
g‘arb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0b/44768005_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_ee550bd2065d7944d03c0e94b2c05441.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Bir-birining manfaatlarini hisobga olish va demokratiyaga tayanish BRIKS mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tamoyillaridir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan BRIKS parlament forumida ma’lum qildi.Davlat rahbari BRIKS tamoyillari birlashmaning barcha ishtirokchilariga yaqin va tushunarli ekanligini qo‘shimcha qildi.Rossiyaning BRIKSga raisligidan maqsad birlashmaning barcha a’zolari rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir, dedi Vladimir Putin.Uning so‘zlariga ko‘ra, BRIKSga a’zo davlatlar va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning sa’y-harakatlari “oltin milliard” deb ataluvchi shtatlarning hukmron elitasi tomonidan qattiq qarshilikka duch kelmoqda.Rossiya BRIKSning yangi a’zolarining birlashish mexanizmlariga samarali qo‘shilishini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda.“Ha, BRIKSning hali o‘zining institutsionallashgan parlament tuzilmasi yo‘q, lekin kelajakda bu g‘oya albatta amalga oshishiga ishonaman”, - dedi Rossiya rahbari.G‘arb har bir vaziyat uchun qoidalarni mustamlakachilikning eng yaxshi an’analariga ko‘ra, o‘zini mustamlaka deb hisoblaydiganlar manfaati uchun yozadi, dedi Putin.Putin bunday harakatlarni qonuniy xalqaro huquqni almashtirishga yaqqol urinish va yakuniy haqiqatga monopoliya yaratishga urinish deb atadi.Uning so‘zlariga ko‘ra, savdo va sarmoyada milliy valyutalar ulushini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.“Savdo va investitsiyalarda milliy valyutalar ulushini oshirishga, xavfsiz va ishonchli moliyaviy vositalar hamda o‘zaro hisob-kitob mexanizmlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratamiz”, deya qayd etdi Putin.
https://oz.sputniknews.uz/20240711/briks-qutb-dunyo-valentina-matvienko-44766644.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0b/44768005_76:0:2807:2048_1920x0_80_0_0_fb1d9bcee47cdec2f9afe3d7a377ba5a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya prezidenti vladimir putin sankt-peterburg bbriks parlament forumi
rossiya prezidenti vladimir putin sankt-peterburg bbriks parlament forumi
BRIKSga qiziqish bildirgan barcha davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyormiz — Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan BRIKS parlament forumida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Bir-birining manfaatlarini hisobga olish va demokratiyaga tayanish BRIKS mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tamoyillaridir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan BRIKS parlament forumida ma’lum qildi.
“Ushbu forumning “Adolatli global rivojlanish va xavfsizlik uchun ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda parlamentlarning roli” mavzusi juda muhim. Bugungi kunda sayyoramizda sodir bo‘layotgan global, tub o‘zgarishlarning mohiyatini ta’kidlaydi. Sizning ochiq muhokamalaringiz va xalq vakillari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatlaringiz tashkilotimiz falsafasining o‘ziga, dunyoqarash tamoyillariga to‘liq mos keladi — bir-birining manfaatlarini hisobga olish, xalqaro munosabatlarda demokratiya, suverenitetni hurmat qilish, har kimning individual rivojlanish huquqiga tayanadi", — deya qayd etdi Putin.
Davlat rahbari BRIKS tamoyillari birlashmaning barcha ishtirokchilariga yaqin va tushunarli ekanligini qo‘shimcha qildi.
Rossiyaning BRIKSga raisligidan maqsad birlashmaning barcha a’zolari rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir, dedi Vladimir Putin.
“Bugungi kunda parlament muloqoti, jumladan, BRIKS doirasidagi muloqot har qachongidan ham muhimroq. Zero, siz xalqlaringiz manfaatlarining namoyandasi, ularning siyosiy va milliy irodasi namoyandasi sifatida sayyoramizdagi millionlab, mubolag‘asiz milliardlab insonlarning chinakam talabi, kayfiyati va ehtiyojlarini keskin his etasiz”, — deya qayd etdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BRIKSga a’zo davlatlar va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning sa’y-harakatlari “oltin milliard” deb ataluvchi shtatlarning hukmron elitasi tomonidan qattiq qarshilikka duch kelmoqda.
Rossiya BRIKSning yangi a’zolarining birlashish mexanizmlariga samarali qo‘shilishini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda.
“Joriy yildan boshlab birlashma ishtirokchilari soni 10 taga yetdi. Har bir davlat o‘ziga xos bo‘lib, qadimiy madaniyat va an’analarga ega, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning o‘ziga xos modelini amalga oshiradi. Rossiya esa birlashmaning yangi a’zolari uning barcha ko‘p tarmoqli mexanizmlariga samarali integratsiyalashuvini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda”, — dedi Putin.
“Ha, BRIKSning hali o‘zining institutsionallashgan parlament tuzilmasi yo‘q, lekin kelajakda bu g‘oya albatta amalga oshishiga ishonaman”, - dedi Rossiya rahbari.
G‘arb har bir vaziyat uchun qoidalarni mustamlakachilikning eng yaxshi an’analariga ko‘ra, o‘zini mustamlaka deb hisoblaydiganlar manfaati uchun yozadi, dedi Putin.
"("Oltin milliard" davlatlari - tahr.), tarixiy mantiqqa zid va ko‘pincha hatto o‘z xalqlarining uzoq muddatli manfaatlariga zarar yetkazadigan holda, ular hech kim ko‘rmagan, hech kim muhokama qilmagan va hech qachon qabul qilmagan qoidalariga ma’lum bir tartibni o‘rnatishga intiladi. Bunday qoidalar har safar, har bir vaziyat uchun, o‘zini istisno deb hisoblaydigan va o‘z xohish-irodasini boshqalarga aytish huquqiga ega bo‘lganlarning manfaatlarini ko‘zlab yangidan yoziladi yoki o‘zgartiriladi. To‘g‘ri klassik mustamlakachilikning eng yaxshi an’analarida”, — dedi Rossiya yetakchisi.
Putin bunday harakatlarni qonuniy xalqaro huquqni almashtirishga yaqqol urinish va yakuniy haqiqatga monopoliya yaratishga urinish deb atadi.
“Biz BRIKS faoliyatiga qiziqish bildirgan barcha davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyormiz. BRIKS global janub, global sharq davlatlari hamda butun dunyodagi tarafdorlarimiz manfaatlari va intilishlarini aks ettiradi va ularning soni juda katta va doimiy ravishda o‘sib bormoqda", — dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, savdo va sarmoyada milliy valyutalar ulushini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
“Savdo va investitsiyalarda milliy valyutalar ulushini oshirishga, xavfsiz va ishonchli moliyaviy vositalar hamda o‘zaro hisob-kitob mexanizmlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratamiz”, deya qayd etdi Putin.