https://oz.sputniknews.uz/20240710/uzbekistan-byudjet-mablag-moliya-nazorat-44746496.html
O‘zbekistonda budjet mablag‘larining moliyaviy nazorati kuchaytiriladi
O‘zbekistonda budjet mablag‘larining moliyaviy nazorati kuchaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Endi budjet jarayoni nafaqat Oliy Majlis palatalarida, balki mahalliy kengashlarda ham muhokama qilinishi mumkin. 10.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-10T15:17+0500
2024-07-10T15:17+0500
2024-07-10T15:17+0500
iqtisod
o‘zbekiston
davlat budjeti
budjet
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/18/42182926_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_67d5d17376b3c11cb03e3a39a0982543.jpg
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Hisob palatasi tomonidan konsolidatsiyalashgan budjet ijrosini tashqi auditdan o‘tkazish taklif etilmoqda, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati. Prezident Shavkat Mirziyoyev budjet mablag‘laridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Qayd etilishicha, hozirda faqat budjet va maqsadli jamg‘armalar xarajati tashqi audit bilan qamrab olingan. Bu jami xarajatlarning 86 foizini tashkil etadi. Hisob palatasi faoliyatida davlat dasturlaridagi milliy maqsad va vazifalarga erishishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni baholashga qaratilgan strategik audit hamda davlat tashkilotlaridagi dasturiy ta’minotlar samaradorligi bo‘yicha axborot texnologiyalari auditi joriy etilishi mo‘ljallanmoqda. O‘zbekistonda "Tashabbusli budjet"ning yo‘nalishlari kengaytirilmoqdaSo‘nggi yillarda hududlar rivojiga katta mablag‘lar yo‘naltirilayapti. Lekin mahalliy kengashlar budjet muhokamasida asosan viloyat yoki tuman budjeti bilan cheklanmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20240606/uzbekistan-dasturiy-byudjetlashtirish-russia-44266399.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/18/42182926_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_5265b8c4a8bd53449223dd8bc8460871.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, davlat budjeti, budjet, shavkat mirziyoyev
iqtisod, o‘zbekiston, davlat budjeti, budjet, shavkat mirziyoyev
O‘zbekistonda budjet mablag‘larining moliyaviy nazorati kuchaytiriladi
Endi budjet jarayoni nafaqat Oliy Majlis palatalarida, balki mahalliy kengashlarda ham muhokama qilinishi mumkin.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Hisob palatasi tomonidan konsolidatsiyalashgan budjet ijrosini tashqi auditdan o‘tkazish taklif etilmoqda, deya xabar berdi prezident
matbuot xizmati. Prezident Shavkat Mirziyoyev budjet mablag‘laridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, hozirda faqat budjet va maqsadli jamg‘armalar xarajati tashqi audit bilan qamrab olingan. Bu jami xarajatlarning 86 foizini tashkil etadi.
“Shu bois Hisob palatasi tomonidan konsolidatsiyalashgan budjet ijrosini tashqi auditdan o‘tkazish taklif etilmoqda. Bu budjetdan tashqari jamg‘armalar hamda tashqi qarz hisobidan xarajatlarni ham qamrab olish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Hisob palatasi faoliyatida davlat dasturlaridagi milliy maqsad va vazifalarga erishishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni baholashga qaratilgan strategik audit hamda davlat tashkilotlaridagi dasturiy ta’minotlar samaradorligi bo‘yicha axborot texnologiyalari auditi joriy etilishi mo‘ljallanmoqda.
“Yurtimizda 30 mingga yaqin budjet tashkiloti va davlat korxonalari bo‘lib, ularni joyiga chiqib o‘rganishga ko‘p vaqt va mablag‘ ketadi. Shuning uchun Hisob palatasida “Masofaviy nazorat markazi” ishga tushirildi. Endi ilg‘or xorijiy tajriba asosida 36 ta risk-tahlil mezonlari va indikatorlarini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi”, — deya qayd etilgan xabarda.
So‘nggi yillarda hududlar rivojiga katta mablag‘lar yo‘naltirilayapti. Lekin mahalliy kengashlar budjet muhokamasida asosan viloyat yoki tuman budjeti bilan cheklanmoqda.
“Bu – har bir hududga barcha manbalardan berilayotgan mablag‘larning 65-70 foizi ularning nazoratidan chetda qolayapti, degani. Shu bois Hisob palatasi budjet jarayonini nafaqat Oliy Majlis palatalarida, balki mahalliy kengashlarda ham muhokama qilib borishi kerakligi qayd etildi”, — deya ta’kidlangan xabarda.