Namanganda Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi — foto

© Xokimiyat Namanganskoy oblastiNamanganda Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob, XI va XIV asrga oid qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari topildi
Namanganda Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob, XI va XIV asrga oid qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari topildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2024
Obuna bo‘lish
Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni ortdi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Namanganda Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob, XI va XIV asrga oid qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari topildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana o‘n adadga ortdi.
© Xokimiyat Namanganskoy oblasti
V Namangane naydeni redkiy mech XI i XIV vekov, baktriyskie i kitayskie moneti, a takje redkaya kniga, napisannaya Abu Nasrom Farabi. - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Xokimiyat Namanganskoy oblasti
V Namangane naydeni redkiy mech XI i XIV vekov, baktriyskie i kitayskie moneti, a takje redkaya kniga, napisannaya Abu Nasrom Farabi. - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Xokimiyat Namanganskoy oblasti
V Namangane naydeni redkiy mech XI i XIV vekov, baktriyskie i kitayskie moneti, a takje redkaya kniga, napisannaya Abu Nasrom Farabi. - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
“Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub uchta nodir kitob esa, ilm-ma’rifatga, falsafa va tarixga oid”, — deyiladi xabarda.
Mutaxassislar XI asrga oidligi aytayotgan qilich jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq po‘latdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan. Aytilishicha, dunyo po‘lat markazi sifatida tan olingan Axsikentning yumshoq va qattiq po‘lati mashhur. Uning yaratilishi esa hozirgacha sir.
© Xokimiyat Namanganskoy oblastiNamanganda Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob, XI va XIV asrga oid qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari topildi
V Namangane naydeni redkiy mech XI i XIV vekov, baktriyskie i kitayskie moneti, a takje redkaya kniga, napisannaya Abu Nasrom Farabi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2024
Namanganda Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob, XI va XIV asrga oid qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari topildi
Ikkinchi aslaha esa XIV asrga oid bo‘lib, uni Amir Temurning xos askarlari ishlatishgan.
Baqtriya tangasi 475-600 yillarga oid. Xitoy tangasi esa XIX asrga oid bo‘lib, uni tarixchi olim Sherali Qo‘ldoshev batafsil tadqiq etdi.
© Xokimiyat Namanganskoy oblastiNamanganda Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob, XI va XIV asrga oid qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari topildi
V Namangane naydeni redkiy mech XI i XIV vekov, baktriyskie i kitayskie moneti, a takje redkaya kniga, napisannaya Abu Nasrom Farabi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2024
Namanganda Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob, XI va XIV asrga oid qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari topildi

“Tanganing o‘ng tomonidagi 2 iyeroglif: Kashi / Kashi 喀什 - Qashqar. Chap tomonidagi 2 iyeroglif : san / san 参 - va jir / jin 金 – oltin, deb yozilgan. Tanganing tepa qismidagi 1 iyeroglif: guang / guang 光- yorug‘lik ma’nosini beradi. Past qismidagi 1 iyeroglif: yuan / yuan 圓 yumaloq, ya’ni doira degan ma’noni beradi. Tanganing o‘rtasidagi teshilgan joyidagi iyeroglifni o‘qish qiyin. Biroq u shuy 緒 iyeroglifini bildirapti. Chunki Gaungshuy / Guangxu 光緒 nomiga o‘xshayapti. U 1875 -1908 yillarda Xitoyni boshqargan”, — deydi Sherali Qo‘ldoshev.

Ma’lumot uchun, Abu Nasr Forobiy Sirdaryo qirg‘og‘idagi Forob — O‘tror degan joyda tug‘ilgan. U 160 tadan ortiq asar yaratgan. Uning asarlari XII—XIII asrlarda lotin, qadimiy yahudiy, fors tillariga tarjima qilingan. Forobiy 949—950 yillarda Misrda, so‘ng Damashqda yashab, o‘sha yerda vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0