https://oz.sputniknews.uz/20240702/ekaterinburg-samarqand-savdo-uy-44631428.html
Yekaterinburgda Samarqand savdo uyi ochildi — bu qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
Yekaterinburgda Samarqand savdo uyi ochildi — bu qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
Sputnik O‘zbekiston
Ural poytaxti Yekaterinburgdagi savdo markazlaridan birida O‘zbekistondagi yetakchi gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “SAG” gilamlari kompaniyasining Samarqand savdo uyining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
2024-07-02T10:33+0500
2024-07-02T10:33+0500
2024-07-02T10:33+0500
iqtisod
o‘zbekiston - rossiya
samarqand
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/01/44624607_0:47:900:553_1920x0_80_0_0_8e027efebf391003174c8919f86956d0.jpg
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Ural poytaxti Yekaterinburgdagi savdo markazlaridan birida O‘zbekistondagi yetakchi gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “SAG” gilamlari kompaniyasining Samarqand savdo uyining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yekaterinburg rasmiy portalida ma’lum qilindi. Loyiha tashabbuskorlarining fikricha, yangi shourum Ural poytaxti va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga turtki bo‘ladi. Savdo uyining ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Sverdlovsk viloyati xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Vacheslav Yarin, Yekaterinburg rahbari Aleksey Orlov, O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli Jahongir Parmanov ishtirok etdi. Savdo uyida o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchi gilamlari taqdim etildi. Erkinjon Turdimov savdo uyining ishga tushirilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlik rivojida yangi bosqich ramzi ekanini alohida ta’kidladi. O‘z navbatida, Aleksey Orlov shakllanayotgan savdo maydonchasi Ural poytaxti va O‘zbekiston viloyati o‘rtasidagi ijtimoiy-madaniy aloqalarni rivojlantirishga ham turtki berishiga ishonch bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yekaterinburg va Samarqand viloyati o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning istiqboli katta. Shuningdek, Yekaterinburgda ikki viloyat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Samarqand viloyatining sarmoyaviy salohiyati namoyish etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240423/ivanovo-viloyatida-ozbekiston-savdo-uyi-ochildi-43576294.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/01/44624607_50:0:850:600_1920x0_80_0_0_1f3e0ad17e85890e23fb353e50da9c21.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ural yekaterinburg savdo markaz o‘zbekiston gilam mahsulotlari “sag” gilamlari samarqand savdo uyi
ural yekaterinburg savdo markaz o‘zbekiston gilam mahsulotlari “sag” gilamlari samarqand savdo uyi
Yekaterinburgda Samarqand savdo uyi ochildi — bu qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
Savdo uyida o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchi gilamlari taqdim etildi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Ural poytaxti Yekaterinburgdagi savdo markazlaridan birida O‘zbekistondagi yetakchi gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “SAG” gilamlari kompaniyasining Samarqand savdo uyining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yekaterinburg rasmiy portalida
ma’lum qilindi. Loyiha tashabbuskorlarining fikricha, yangi shourum Ural poytaxti va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga turtki bo‘ladi.
Savdo uyining ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Sverdlovsk viloyati xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Vacheslav Yarin, Yekaterinburg rahbari Aleksey Orlov, O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli Jahongir Parmanov ishtirok etdi.
Savdo uyida o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchi gilamlari taqdim etildi.
“Samarqand savdo uyi joylashgan shahar sifatida Yekaterinburgning tanlanishi bejiz emas. Tadbirkorlarning o‘zlari ta’kidlaganidek, Ural poytaxtining raqobatbardosh ustunligi uning qulay geografik joylashuvi va rivojlangan logistikasi bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Erkinjon Turdimov savdo uyining ishga tushirilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlik rivojida yangi bosqich ramzi ekanini alohida ta’kidladi.
“Shubhasiz, bularning barchasi mamlakatlarimiz rahbarlarining yaqin muloqoti va do‘stona aloqalari tufayli amalga oshdi. Keyingi yillarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar yanada mustahkamlanib, sifat jihatidan boshqa darajaga ko‘tarildi”, — dedi Samarqand viloyati hokimi.
O‘z navbatida, Aleksey Orlov shakllanayotgan savdo maydonchasi Ural poytaxti va O‘zbekiston viloyati o‘rtasidagi ijtimoiy-madaniy aloqalarni rivojlantirishga ham turtki berishiga ishonch bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yekaterinburg va Samarqand viloyati o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning istiqboli katta.
“Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarimiz bor: birinchidan, ikki davlat rahbarlarining yaxshi niyati, ikkinchidan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar mavjudligi, uchinchidan, to‘lovlarni milliy valyutada amalga oshirish imkoniyati”, – deya xulosa qildi shahar rahbari.
Shuningdek, Yekaterinburgda ikki viloyat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Samarqand viloyatining sarmoyaviy salohiyati namoyish etildi.