https://oz.sputniknews.uz/20240423/ivanovo-viloyatida-ozbekiston-savdo-uyi-ochildi-43576294.html
Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi
Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Savdo uyi “Made in Uzbekistan” belgili yuqori sifatli va raqobatbardosh O‘zbekiston mahsulotlarini taqdim etish bilan shug‘ullanadi. 23.04.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-04-23T18:35+0500
2024-04-23T18:35+0500
2024-04-23T18:35+0500
rossiya
o‘zbekiston
o‘zbekiston - rossiya
savdo
savdo-sanoat palatasi
elchixona
botirjon asadov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/17/43576563_4:0:1154:647_1920x0_80_0_0_a0520777f99d72d29ab81a3121b83128.png
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Rossiyaning Ivanovo viloyatida O‘zbekiston savdo uyi ochildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi. Ochilish marosimida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, Ivanovo viloyati hukumati va tadbirkorlik subyektlari vakillari hamda viloyat Savdo-sanoat palatasi rahbariyati ishtirok etdi.Ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov ushbu loyihani amalga oshirish ikki mamlakat hukumatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanganini va tomonlarning mushtarak maqsadi – barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoit yaratish, ikki davlat, tadbirkorlari va ishlab chiqaruvchilari uchun biznes imkoniyatlarini kengaytirish, eksport-import bozorini diversifikatsiya qilishdan iborat ekanligini ta’kidladi. Ivanovo viloyati Savdo-sanoat palatasi rahbariyati Rossiya bozori O‘zbekistondan oziq-ovqat mahsulotlari, to‘qimachilik, hunarmandchilik va kulolchilik buyumlarini import qilishdan doimo manfaatdor bo‘lganini ta’kidladi va Ivanovoda Savdo uyining ochilishi ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqich bo‘lishiga ishonch bildirdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/17/43576563_148:0:1011:647_1920x0_80_0_0_f6fc9a6db11737156086e4627403284c.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, o‘zbekiston, o‘zbekiston - rossiya, savdo, savdo-sanoat palatasi, elchixona, botirjon asadov
rossiya, o‘zbekiston, o‘zbekiston - rossiya, savdo, savdo-sanoat palatasi, elchixona, botirjon asadov
Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi
Savdo uyi “Made in Uzbekistan” belgili yuqori sifatli va raqobatbardosh O‘zbekiston mahsulotlarini taqdim etish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Rossiyaning Ivanovo viloyatida O‘zbekiston savdo uyi ochildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi.
"O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2024-yil 23-aprel kuni Ivanovo shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Savdo uyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi", - deyiladi xabarda.
Ochilish marosimida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, Ivanovo viloyati hukumati va tadbirkorlik subyektlari vakillari hamda viloyat Savdo-sanoat palatasi rahbariyati ishtirok etdi.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov ushbu loyihani amalga oshirish ikki mamlakat hukumatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanganini va tomonlarning mushtarak maqsadi – barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoit yaratish, ikki davlat, tadbirkorlari va ishlab chiqaruvchilari uchun biznes imkoniyatlarini kengaytirish, eksport-import bozorini diversifikatsiya qilishdan iborat ekanligini ta’kidladi.
Ivanovo viloyati Savdo-sanoat palatasi rahbariyati Rossiya bozori O‘zbekistondan oziq-ovqat mahsulotlari, to‘qimachilik, hunarmandchilik va kulolchilik buyumlarini import qilishdan doimo manfaatdor bo‘lganini ta’kidladi va Ivanovoda Savdo uyining ochilishi ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqich bo‘lishiga ishonch bildirdi.