Malayziya O‘zbekistonda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishga qiziqmoqda

© Sputnik/Anna Jelixovskaya V Tashkente otkrilas pervaya mejdunarodnaya yuvelirnaya vistavka
 V Tashkente otkrilas pervaya mejdunarodnaya yuvelirnaya vistavka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2024
Obuna bo‘lish
Malayziya O‘zbekistonda oltin qazib olish bo‘yicha geologiya qidiruv ishlarida ishtirok etish niyatini bildirdi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda oltinni qayta ishlash va zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Public Gold Group" kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Luis Chun Xau bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida Chin Xau malayziya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan oltin mahsulotlari shou-rumi, noodatiy dizaynlarda ishlangan zargarlik buyumlari namunalari bilan tanishtirdi hamda kompaniya rivojlanish tarixi, faoliyat turlari to‘g‘risida taqdimot qildi.
Endi zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirishda soliq to‘lanmaydi
“Malayziya kompaniyasi tajribasidan kelib chiqib, xorij tomon bilan O‘zbekistonda oltin qazib olish bo‘yicha geologiya qidiruv ishlarida ishtirok etish, oltindan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish va eksport qilish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Chin Xau O‘zbekistonning yirik shaharlarida kompaniya o‘z brendi ostida oltin va qimmatbaho metall buyumlari savdo nuqtalarini barpo etish to‘g‘risidagi taklif katta qiziqish uyg‘otayotganligini ma’lum qildi.
Uchrashuvda kelgusi oyda kompaniya rahbariyati va mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishildi.
Qimmatbaho metallarni sotib olish tartibiga qo‘shimchalar kiritildi — tafsilotlar
Yuvelirnaya otrasl vixodit na promishlenniy masshtab proizvodstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2024
Mirziyoyev O‘zbekiston yiliga qancha oltin qazib olayotganini aytdi
Yangiliklar lentasi
0