Mirziyoyev O‘zbekiston yiliga qancha oltin qazib olayotganini aytdi
15:15 25.03.2024 (yangilandi: 15:20 25.03.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaYuvelirnaya otrasl vixodit na promishlenniy masshtab proizvodstva
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev: yurtimizda oltinning atigi 6 foizi qayta ishlanayapti.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekistonda yiliga 100 tonna oltin qazib olinmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida ma’lum qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Yangi Namangan tumanidagi “Gavhar grup” korxonasini borib ko‘rdi. U yiliga 1 ming 200 kilogramm zargarlik buyumlarini sanoat usulida ishlab chiqarish quvvatiga ega.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaYuvelirnaya otrasl vixodit na promishlenniy masshtab proizvodstva
Yuvelirnaya otrasl vixodit na promishlenniy masshtab proizvodstva
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Yurtimiz zargarligi qadimdan mashhur. Jumladan, Namanganda ham “qo‘li gul” hunarmand sulolalar bo‘lgan. Lekin yetarli sharoit bo‘lmagani, xomashyo sotib olishdagi qiyinchiliklar sababli ko‘p zargarlar faoliyatini to‘xtatgan edi. Bori ham buyumlarni qo‘l mehnatida tayyorlardi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, korxonada 10 ming xil dizayndagi zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Xorij bilan hamkorlikda qo‘l soatlarining tilla korpusini tayyorlash yo‘lga quyilgan.
2023 yilda 270 kilogramm mahsulot ishlab chiqarilgan. Shuningdek, bu yerda 3D modellashtirish orqali buyurtma asosida istalgan ko‘rinishdagi buyumlarni ishlab chiqarish mumkin.
Korxonada mahalliy zargarlar bilan kooperatsiya yo‘lga qo‘yilgan. Natijada yashirin ishlaganlar “soya”dan chiqdi, ish o‘rinlari ko‘paydi. Korxonada 100 dan ortiq kishining bandligi ta’minlangan. Shu yerning o‘zida yoshlarga hunar ham o‘rgatiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaYuvelirnaya otrasl vixodit na promishlenniy masshtab proizvodstva
Yuvelirnaya otrasl vixodit na promishlenniy masshtab proizvodstva
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Mamlakatimizda yiliga 100 tonna oltin qazib olayapmiz. Uni zargar tadbirkorlarga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat berilgan. Ochig‘i, bunday imkoniyatlar hech qaysi davlatda yo‘q. Lekin, yurtimizda oltinning atigi 6 foizi qayta ishlanayapti. Oltin qazib olinmaydigan mamlakatlar bizdan ko‘p eksport qilayapti. Bu sohada biroz kechikdik. Shuning uchun ishlab chiqarishga qo‘shimcha sharoitlar yaratayapmiz. Bu hali boshlanishi. Sohani hali yana rivojlantiramiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaYuvelirnaya otrasl vixodit na promishlenniy masshtab proizvodstva
Yuvelirnaya otrasl vixodit na promishlenniy masshtab proizvodstva
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari shu yerda “Mexmash” mas’uliyati cheklangan jamiyati mahsulotlarini ham ko‘zdan kechirdi. Bu korxona yiliga 20 ming tonna burama mix va 18 ming tonna rulonli qog‘oz ishlab chiqarish, 6 million dollarlik eksport quvvatiga ega. 700 kishi ish bilan ta’minlangan.
Bozor talabidan kelib chiqib, avtomobil sanoatida qo‘llanadigan mahkamlash mahsulotlari hajmini va eksportini oshirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish rejalari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.