https://oz.sputniknews.uz/20240625/tashkent-mongolia-elchixona-44513298.html
Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi
Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Mo‘g‘uliston elchixonasi xorijiy davlatlarning Toshkentdagi 46-diplomatik vakolatxonasi bo‘ldi.
2024-06-25T10:15+0500
2024-06-25T10:15+0500
2024-06-25T10:23+0500
siyosat
o‘zbekiston
mo‘g‘uliston
toshkent
elchixona
baxtiyor saidov
abdulla aripov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/19/44513461_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_df4425137bffaed008bcc88da021d2f6.jpg
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi, deya xabar berdi O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi. Mo‘g‘ulistonning Toshkentdagi elchixonasining rasmiy ochilish marosimida Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etdi. Vazir o‘z so‘zida ikki tomonlama aloqalardagi ushbu ko‘prik barcha sohalarda ko‘plab aniq natijalarga erishishga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi. Ma’lumot uchun, kuni kecha tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Mo‘g‘ulistonning mamlakatdagi yangi elchisi Daadanxuu Batbaatarning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Mo‘g‘uliston elchixonasi xorijiy davlatlarning Toshkentdagi qirq oltinchi diplomatik vakolatxonasi bo‘ldi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lib turibdi.
o‘zbekiston
mo‘g‘uliston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/19/44513461_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ef01051e7ce3bf8c76e5f91bd7f39d6e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mo‘g‘uliston elchixonasi toshkent 46-diplomatik vakolatxona
mo‘g‘uliston elchixonasi toshkent 46-diplomatik vakolatxona
Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi
10:15 25.06.2024 (yangilandi: 10:23 25.06.2024) Mo‘g‘uliston elchixonasi xorijiy davlatlarning Toshkentdagi 46-diplomatik vakolatxonasi bo‘ldi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi, deya xabar berdi O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi.
Mo‘g‘ulistonning Toshkentdagi elchixonasining rasmiy ochilish marosimida Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etdi.
"Bugun O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston hamkorligining yangi darajasi ramzi bo‘lgan Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi Elchixonasi ochildi va Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalar soni yana bittaga ko‘paydi”, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining
Telegram-kanalida. Vazir o‘z so‘zida ikki tomonlama aloqalardagi ushbu ko‘prik barcha sohalarda ko‘plab aniq natijalarga erishishga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Ma’lumot uchun, kuni kecha tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Mo‘g‘ulistonning mamlakatdagi yangi elchisi Daadanxuu Batbaatarning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Mo‘g‘uliston elchixonasi xorijiy davlatlarning Toshkentdagi qirq oltinchi diplomatik vakolatxonasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lib turibdi.