Putin va Mirziyoyev telefon orqali muloqot qildi — muhokama etilgan masalalar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2024
Obuna bo‘lish
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston yetakchisi Dog‘istondagi teraktlar munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi Kreml matbuot xizmati.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston yetakchisi Dog‘istondagi teraktlar oqibatida tinch aholi va huquq-tartibot idoralari xodimlari halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.
"Rossiya prezidentining yaqinda Toshkentga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish kontekstida o‘zaro manfaatli Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi", — deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2024
Mirziyoyev Dog‘istondagi terrorchilik munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Yangiliklar lentasi
0