https://oz.sputniknews.uz/20240624/mirziyoev-dagestan-terror-putin-hamdardlik-44492088.html
Mirziyoyev Dog‘istondagi terrorchilik munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Mirziyoyev Dog‘istondagi terrorchilik munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Teraktlarda 15 dan ortiq politsiyachi va bir qancha tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi.
2024-06-24T09:01+0500
2024-06-24T09:01+0500
2024-06-24T10:40+0500
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
dog‘iston
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
terrorchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/1d/15073501_0:114:1280:834_1920x0_80_0_0_05ee88fae3a9146138c2198172ccf4d4.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Darband va Maxachqala shaharlarida (Dog‘iston) sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. O‘zbekiston yetakchisi Dog‘istondagi terrorchilik hujumlarini qat’iy qoraladi. Ushbu tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalarning faol hamkorligini davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Ma’lumot uchun, kecha tunda Darbandda noma’lum shaxslar Maxachqaladagi sinagog va cherkovga o‘q uzdi, patrul posti o‘qqa tutildi. Teraktlarda 15 nafar politsiyachi va bir qancha tinch aholi qurbon bo‘ldi. Rossiya maxsus kuchlari 6 nafar terrorchini yo‘q qilgan. Terrorchilik bo‘yicha jinoiy ishlar ochilgan. Dog‘istonda uch kunlik motam e’lon qilindi.
o‘zbekiston
dog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/1d/15073501_231:195:1044:804_1920x0_80_0_0_069b50018644a7ff51c1a48e556032fa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev dog‘iston terrorchilik putinga hamdardlik
mirziyoyev dog‘iston terrorchilik putinga hamdardlik
Mirziyoyev Dog‘istondagi terrorchilik munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
09:01 24.06.2024 (yangilandi: 10:40 24.06.2024) Teraktlarda 15 dan ortiq politsiyachi va bir qancha tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Darband va Maxachqala shaharlarida (Dog‘iston) sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov
xabar berdi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Darband va Maxachqala shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, chuqur hamdardlik bildirdi”, — deb yozadi Sherzod Asadov.
O‘zbekiston yetakchisi Dog‘istondagi terrorchilik hujumlarini qat’iy qoraladi. Ushbu tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalarning faol hamkorligini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Ma’lumot uchun, kecha tunda Darbandda noma’lum shaxslar Maxachqaladagi sinagog va cherkovga o‘q uzdi, patrul posti o‘qqa tutildi. Teraktlarda 15 nafar politsiyachi va bir qancha tinch aholi qurbon bo‘ldi. Rossiya maxsus kuchlari 6 nafar terrorchini yo‘q qilgan. Terrorchilik bo‘yicha jinoiy ishlar ochilgan. Dog‘istonda uch kunlik motam e’lon qilindi.