BRICS o‘yinlari: O‘zbekistonlik sportchilar yana 11 ta medal qo‘lga kiritdi
11:12 21.06.2024 (yangilandi: 12:25 22.06.2024)
© NOKV Kazani prodoljayutsya VI Igri BRIKS
© NOK
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya, Belarus, Xitoydan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda ketmoqda.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. VI BRICS o‘yinlari o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirmoqda. Qozon shahri mezbonlik qilayotgan musobaqaning ortda qolgan kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun sermahsul o‘tdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekistonlik atletlar 1 ta kumush va 10 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Batafsil:
Kumush medal:
Mehroj Bahromov (yunon-rum kurashi, -60 kg).
Bronza medal:
Feruza Kazakova (boks, -52 kg);
Sitora Turdibekova (boks, -57 kg);
Dilfuza Bekova (boks, -63 kg);
Oltinoy Sotimboyeva (boks, -81 kg);
Marjona Malikova, Umida Omonova, Abdumalik Abdusalomov, Saidakbar Saydalev (shaxmat, jamoaviy rapid);
Musa Aymuratov (qilichbozlik, sablya);
Muhammadusuf Asranov (qilichbozlik, rapira);
Husniddin Olimboyev (yunon-rum kurashi, -63 kg);
Nozimjon Boyqo‘ziyev (yunon-rum kurashi, -67 kg);
Jamol Jumaboyev (yunon-rum kurashi, -72 kg).
Sakkizinchi kundan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi 4 ta oltin, 14 ta kumush va 31 ta bronza medallari bilan Rossiya, Belarus, Xitoydan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda ketmoqda.