O‘zbekistonlik sportchilar BRIKS o‘yinlarida navbatdagi medallarni qo‘lga kiritishdi

© Vrics sports gamesIgri stran BRIKS
Igri stran BRIKS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 5 ta kumush medali qo‘shildi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar VI BRIKS o‘yinlarida yana 5 ta kumush medalini qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI BRIKS o‘yinlarida navbatdagi kun bellashuvlari ortda qoldi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 5 ta kumush medali qo‘shildi. Barcha medallar erkin kurashchilar tomonidan qo‘lga kiritildi.
Kumush medal olganlar:
Nodirbek Jumanazarov (erkin kurash, -57 kg)
Sardor Ro‘zimov (erkin kurash, -61 kg)
Begijon Qo‘ldoshev (erkin kurash, -70 kg)
Bobur Islomov (erkin kurash, -86 kg)
Rustam Shodiyev (erkin kurash, -97 kg)
Oltinchi kungi bellashuvlardan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 12 ta kumush va 18 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida Rossiya, Belarus, Xitoy va Erondan so‘ng beshinchi o‘rinda ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qozondagi VI BRIKS o‘yinlari 12-23 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Jami 90 ta jamoa ishtirok etayotgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 23 ta sport turida 249 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0