https://oz.sputniknews.uz/20240616/putin-musulmon-qurbon-bayram-tabrik-44389016.html
"Ularning xalqimiz birdamligiga qo‘shgan hissasi muhim" — Putin musulmonlarni tabrikladi
"Ularning xalqimiz birdamligiga qo‘shgan hissasi muhim" — Putin musulmonlarni tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Putin: ularning xalqimiz birdamligiga, Rossiyada millatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi muhim.
2024-06-16T10:06+0500
2024-06-16T10:06+0500
2024-06-16T10:06+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
vladimir putin
qurbon hayiti
musulmonlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0c/42905053_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_ced22da52cf49589de99b392f20dfa75.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin musulmon tashkilotlarining xalq birligi, millatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini qayd etib, rossiyalik musulmonlarni Qurbon bayrami bilan tabrikladi. Tabrik matni Kreml saytida e’lon qilindi.Prezident musulmon tashkilotlari tomonidan oila institutini mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilayotgani, Maxsus harbiy operatsiya qatnashchilari va faxriylariga, ularning yaqinlariga samarali yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240616/mirziyoev-uzbekistan-xalq-qurbon-hayiti-tabrik-44388314.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0c/42905053_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_5081b4a05b3ddb88bdba5e5021e322fe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin qurbon bayram
"Ularning xalqimiz birdamligiga qo‘shgan hissasi muhim" — Putin musulmonlarni tabrikladi
Putin: ularning xalqimiz birdamligiga, Rossiyada millatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi muhim.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin musulmon tashkilotlarining xalq birligi, millatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini qayd etib, rossiyalik musulmonlarni Qurbon bayrami bilan tabrikladi. Tabrik matni Kreml saytida
e’lon qilindi.
“Rossiya musulmonlarini Qurbon bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Musulmonlarning qadimiy diniy ziyoratgohlarga ziyorat qilishlari yakuniga yetgan Qurbon hayiti odamlarni bir-biriga yaqinlashtirish, jamiyatda mehr-oqibat, adolat va o‘zaro hamjihatlik g‘oyalarini qaror toptirish, islom dinining bardavom ma’naviy qadriyatlari teranligini ochib berishga xizmat qiladi. Mamlakatimiz musulmon ummati hayoti ezgu ishlar va tashabbuslar, madaniyat, ta’lim, ma’rifat sohasidagi yangi tashabbuslar bilan boyib borayotgani quvonarlidir”, — deyiladi tabrik matnida.
Prezident musulmon tashkilotlari tomonidan oila institutini mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilayotgani, Maxsus harbiy operatsiya qatnashchilari va faxriylariga, ularning yaqinlariga samarali yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidladi.
“Va, albatta, ularning xalqimiz birdamligiga, Rossiyada millatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi muhim”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.