Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol O‘zbekiston-Koreya biznes forumida ishtirok etdi — tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume
Glavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2024
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev so‘nggi yillarda Koreya Respublikasi O‘zbekiston iqtisodiyoti va sanoatini modernizatsiya qilishda muhim hamkorga aylanganini ta’kidladi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol O‘zbekiston-Koreya biznes forumida ishtirok etdilar. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev o‘z nutqida Koreya Respublikasi O‘zbekistonning an’anaviy va yirik savdo, investitsiya va texnologik hamkorlaridan biri ekanini ta’kidladi. O‘tgan yil yakunida 2,5 milliard dollarga yetgan tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar o‘sgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekiston iqtisodiyotidagi koreys investitsiyalari hajmi 7,5 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida yetakchilar savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish choralarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma loyihalarni moliyalashtirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida kelishib oldilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume
Glavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2024
Glavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume
“Biz zamonaviy sharoitlarda hamkorlikning yangi modelini yaratishga kelishib oldik. O‘zaro munosabatlarimizda “Yuqori texnologik va innovatsion hamkorlikning yangi davri” boshlanmoqda, – dedi Mirziyoyev.
O‘zbekistonda mintaqaviy yuqori texnologik xabni tashkil etish bo‘yicha strategik dasturni ishlab chiqishga qaror qilindi. Dastur o‘ta muhim xomashyo resurslari, yarim o‘tkazgichlar, kimyo, mashinasozlik, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va shaharsozlik, “yashil” energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Mirziyoyev so‘nggi yillarda Koreya Respublikasi O‘zbekiston iqtisodiyoti va sanoatini modernizatsiya qilishda muhim hamkorga aylanganini ta’kidladi. Bugungi kunda Koreyaning yetakchi kompaniyalari va banklari bilan 5 milliard dollarlik yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume
Glavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2024
Glavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume
Yetakchilar biznes forumi doirasida 9,6 milliard dollarlik yangi investitsiya loyihalari to‘plami tayyorlanganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Mirziyoyev Yangi O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, xususiy mulk daxlsizligi va investorlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar ortga qaytmasligini alohida ta’kidladi.
“O‘zbekiston-Koreya hamkorligining salohiyati juda yuqori. Bizning iqtisodiyotlarimiz bir-birini samarali to‘ldirishga qodir”, – dedi Mirziyoyev.
Shu nuqtayi nazardan kelgusi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Avvalo, strategik xomashoni ilg‘or texnologiyalar asosida chuqur qayta ishlash va yuqori qiymatli mahsulotlarni uchinchi davlatlarga eksport qilish.
Bu borada muhim qadam sifatida o‘ta yupqa mis folgani birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha bitim imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston-Koreya nodir metallar ilmiy-texnologik markazi faoliyatini kengaytirish ham ko‘zda tutilgan.
Elektrotexnika sanoatidagi sheriklik doirasida Toshkent viloyatida Markaziy Osiyoda birinchi yarimo‘tkazgichlar klasterini barpo etish hamda elektrotexnika va texnik kremniy ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiyani kengaytirish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston kimyo sohasida koreys biznesi bilan strategik sheriklikni rivojlantirish niyatida. “Yashil” vodorod, ammiak va kauchuk mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish rejalari qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, tashrif doirasida Eksimbank va KOICA ko‘magida Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etishga start berilmoqda.
Koreya kompaniyalari O‘zbekistonning avtomobilsozlik sohasidagi mintaqaviy yetakchiligida muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Masalan, KIA bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Mirziyoyev koreys biznesini mashinalarning yangi modellari va butlovchi qismlarini mahalliylashtirish jarayonida faol ishtirok etishga chaqirdi. Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, agrar tarmoqqa “aqlli” texnologiyalarni joriy etish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirildi.
Shu ma’noda, O‘zbekiston hududlarida qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida ishlaydigan “yashil” issiqxonalar va bog‘lar yaratish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume
Glavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2024
Glavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume
O‘zbekistonga Hyundai Rotem tezurar poyezdlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Koreya moliyaviy institutlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligi ta’kidlandi. Sammit doirasida ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha EDCF jamg‘armasi bilan umumiy qiymati 2 milliard dollarlik hamkorlik dasturi imzolandi.
Mirziyoyev koreys ishbilarmon doiralari vakillariga O‘zbekiston Hukumati barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishda faol qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Shu maqsadda qo‘shma loyihalarni muvofiqlashtirish va ilgari surishning yangi tizimi joriy etilishi e’lon qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume
Glavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2024
Glavi Uzbekistana i Yujnoy Korei prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume
O‘z navbatida, Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlar dasturini yuqori baholab, o‘zaro manfaatli sheriklik ko‘lamini kengaytirish uchun ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
Peregovorov mejdu Prezidentom Respubliki Uzbekistan Shavkatom Mirziyoyevim i Prezidentom Koreyskoy Respubliki Yun Sok Yolem prinyat solidniy paket dvustoronnix dokumentov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2024
Janubiy Koreya bilan hamkorlik haqida 17 ta hujjat imzolandi — ro‘yxat
Yangiliklar lentasi
0