Janubiy Koreya bilan hamkorlik haqida 17 ta hujjat imzolandi — ro‘yxat

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPeregovorov mejdu Prezidentom Respubliki Uzbekistan Shavkatom Mirziyoyevim i Prezidentom Koreyskoy Respubliki Yun Sok Yolem prinyat solidniy paket dvustoronnix dokumentov.
Peregovorov mejdu Prezidentom Respubliki Uzbekistan Shavkatom Mirziyoyevim i Prezidentom Koreyskoy Respubliki Yun Sok Yolem prinyat solidniy paket dvustoronnix dokumentov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Koreya orasida Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot imzolandi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentda Shavkat Mirziyoyev va Koreya prezidenti Yun Sok Yol ishtirokida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha jami 17 ta hujjat imzolandi.

Shu jumladan:
Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi bilan hukumatlararo bitim;
Koreya Eksport-import banki va Hyundai Rotem kompaniyasi bilan tezurar elektr poyezdlarini xarid qilish va yetkazib berish to‘g‘risida bitimlar;
Koreya Eksport-import banki bilan o‘rta maktablar uchun fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalarini yetkazib berish to‘g‘risida bitim;
"Toshkent Farma Park" innovatsion farmatsevtika klasteri loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
Jahon savdo tashkiloti doirasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Transport sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;
O‘zbekiston hududlarida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;
O‘ta muhim minerallar sohasida sheriklik to‘g‘risida kelishuv;
Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya qo‘shma qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida kelishuv;
Malakali va professional kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
“O‘zsanoatqurilishbank” AJ bilan Koreya Eksport-import banki o‘rtasida banklararo master-kredit liniyasi to‘g‘risida bitim imzolandi.
Koreya Respublikasi O‘zbekistonning yirik savdo, investitsiya va texnologik hamkorlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston iqtisodiyotiga umumiy hisobda 7,5 milliard dollarlik Koreya investitsiyalari kiritilgan. Respublikada koreys sarmoyasi ishtirokidagi 726 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zaro savdo hajmi 2,5 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0