Hindiston aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar sonini oshiradi

© Foto : © Foto : Press-slujba "Uzbekistan Airports"Indiyskaya aviakompaniya IndiGo zapustila pramie reysi iz Deli v Tashkent
Indiyskaya aviakompaniya IndiGo zapustila pramie reysi iz Deli v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2024
Obuna bo‘lish
"IndiGo" aviakompaniyasi 2023-yil 22-sentabrdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlagan.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. 17-avgustdan Hindistonning "IndiGo" aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlari sonini haftasiga to‘rt martadan yetti martagacha oshirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Parvozlar har kuni Airbus 320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.
"IndiGo" aviakompaniyasi 2023-yil 22-sentabrdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlagan. Hindiston aviakompaniyasi dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.
"IndiGo" - bosh qarorgohi Gurgaonda (Hindiston) joylashgan hind xususiy arzon aviakompaniyasi. Kompaniya doimiy reyslar va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.
Hindistonning “IndiGo” aviakompaniyasi kecha Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozini amalga oshirdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2023
Dehlidan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0