https://oz.sputniknews.uz/20240613/magate-atom-elektr-stantsiya-uzbekistan-grossi-44350183.html
XAEA kichik atom elektr stansiyasi qurilishida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor – Grossi
XAEA kichik atom elektr stansiyasi qurilishida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor – Grossi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston energetika vaziri XAEA rahbari bilan uchrashdi.
2024-06-13T11:14+0500
2024-06-13T11:14+0500
2024-06-13T11:14+0500
iqtisod
o‘zbekiston
xaea
energetika vazirligi
energetika
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
aes
rosatom
atom eneregetikasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/0d/44350341_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_88a0efb2c11f91c3c8fdb87f726e9fec.jpg
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) rahbari Rafael Grossi agentlik O‘zbekistonni kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishida qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti. O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘z navbatida, uchrashuv yakunlari bo‘yicha respublika XAEA bilan “atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishning barcha jihatlari bo‘yicha” yaqindan hamkorlik qilayotgani haqida ma’lum qildi.May oyi oxirida “Atomstroyeksport” (“Rosatom” davlat korporatsiyasining muhandislik bo‘limi) va O‘zbekiston Atom elektr stansiyalarini qurish davlat unitar korxonasi direksiyasi o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Shartnoma Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan. Loyiha O‘zbekistonning Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha quvvati 330 MVt (har biri 55 MVt quvvatga ega oltita reaktor) bo‘lgan atom elektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi. Stansiya qurilishida “Rosatom” bosh pudratchi sifatida ishlaydi, mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etadi. Tanlangan hudud allaqachon tekshirilgan va uning xavfsizligi tasdiqlangan. "Rosatom" ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish shu yilning yozida boshlanadi va to‘liq O‘zbekiston tomonidan moliyalashtiriladi. Energobloklar 2029-yildan 2033-yilgacha bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240607/uzbekistan-aes-besh-yil-ishga-tushadi-44286275.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/0d/44350341_64:0:1201:853_1920x0_80_0_0_018650c00fefacb20f0ebae76e8a27f2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
magate aes o‘zbekiston kam quvvatli atom stansiyasi loyiha aes
magate aes o‘zbekiston kam quvvatli atom stansiyasi loyiha aes
XAEA kichik atom elektr stansiyasi qurilishida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor – Grossi
O‘zbekiston energetika vaziri XAEA rahbari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) rahbari Rafael Grossi agentlik O‘zbekistonni kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishida qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“XAEA O‘zbekistonni mamlakatda atom energetikasini, xususan, kichik modulli reaktorlarni joriy etish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyor”, — dedi Grossi O‘zbekiston energetika vaziri bilan Venada bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng.
O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘z navbatida, uchrashuv yakunlari bo‘yicha respublika XAEA bilan “atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishning barcha jihatlari bo‘yicha” yaqindan hamkorlik qilayotgani haqida ma’lum qildi.
“O‘zbekistonda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishning barcha jihatlari bo‘yicha MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qilinayotgani alohida ta’kidlandi. Muloqotda shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni izchil davom ettirish masalalari muhokama qilindi”, — deb yozadi vazirlik matbuot xizmati.
May oyi oxirida “Atomstroyeksport” (“Rosatom” davlat korporatsiyasining muhandislik bo‘limi) va O‘zbekiston Atom elektr stansiyalarini qurish davlat unitar korxonasi direksiyasi o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Shartnoma Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan.
Loyiha O‘zbekistonning Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha quvvati 330 MVt (har biri 55 MVt quvvatga ega oltita reaktor) bo‘lgan atom elektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi.
Stansiya qurilishida “Rosatom” bosh pudratchi sifatida ishlaydi, mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etadi. Tanlangan hudud allaqachon tekshirilgan va uning xavfsizligi tasdiqlangan. "Rosatom" ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish shu yilning yozida boshlanadi va to‘liq O‘zbekiston tomonidan moliyalashtiriladi. Energobloklar 2029-yildan 2033-yilgacha bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.