O‘zbekistonda birinchi kam quvvatli AES besh yildan so‘ng ishga tushadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPodpisanie kontrakta na soorujenie atomnoy elektrostansii maloy moshnosti
Podpisanie kontrakta na soorujenie atomnoy elektrostansii maloy moshnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2024
Obuna bo‘lish
Birinchi reaktor 5-yildan so‘ng, qolgan reaktorlar esa keyingi har 6 oyda ishga tushishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda kam quvvatli AESning birinchi reaktori besh yildan so‘ng ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Bu haqida 27-may kuni Rossiyaning "Atomeksport" va O‘zbekistonning AES qurish bo‘yicha direksiyasi o‘rtasida kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha imzolangan shartnomada aytib o‘tilgan.
Loyiha Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi avval tasdiqlangan maydonda amalga oshiriladi.

"Rosatom" ma’lumotlariga ko‘ra, stansiyani bosqichma-bosqich foydalanishga topshirish 2029-2033 yillarda rejalashtirilgan. Birinchi reaktorini ishga tushirish 5-yildan keyin amalga oshirilishi, qolgan olti reaktorning har biri esa — olti oylik interval bilan ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Forishdgi maydonda dastlab Rossiya krediti evaziga quvvati 2,4 GigaVatt bo‘lgan yirik atom elektr stansiyasi qurish rejalashtirilgan edi. Bu quvvat O‘zbekistonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini 20%ga qoplagan bo‘lardi. Amaldagi shartnoma esa umumiy quvvati 330 MegaVatt bo‘lgan 6ta kichik reaktor qurilishini nazarda tutadi. Bu loyiha to‘liq O‘zbekiston mablag‘i evaziga amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0